Kontent qismiga oʻtish

Rudolf oroli

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Rudolf Orolidan yoʻnaltirildi)

Rudolf oroli, Rudolf Yeri — Frans Iosif Yeri arxipelagidagi eng shimoliy orol (Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyati tarkibida). Asosan, qumtosh va bazaltdan tarkib topgan. Maydoni 297 km²ga yaqin. Deyarli butunlay muz bilan qoplanib yotadi. 1936-yildan Qutb stansiyasi bor. Tadqiqotchi Yu. Payer tomonidan Avstriya valiahdi nomiga qoʻyilgan. Bir necha bor Shimoliy qutbga boruvchi ekspeditsiyalarning bazasi sifatida foydalanilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil