Kontent qismiga oʻtish

Rufiji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rufiji — Tanzaniyadagi daryo. Nyasa koʻlidan sharqda joylashgan togʻlardan boshlangan Luvegu va Kilombero daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi Luvegu irmogʻining boshlanish joyidan 1400 km, havzasining maydoni 178 ming km². Hind okeanining Mafiya dengiziga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 1100 m³/sek. Martdan may oyigacha suvi koʻpayadi. Quyi qismida kema qatnaydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil