Rumb
Rumb (ing. rhumb — aylanma harakat) — dunyo tomonlari (gʻarb, sharq, shimol va janub)ga nisbatan koʻrinma ufq nuqtalariga qaragan yoʻnalish yoki shunday 2 yoʻnalish orasidagi burchak. Navigatsiyaia kemalar, samolyotlar va boshqa yoʻlini yoki mayoq, burun va hokazoga tomon yoʻnalishni, meteorologiyada shamol yoʻnalishini, okeanografiyada dengiz oqimlari, toʻlqinlari va muzlarning suzib yurishi yoʻnalishini belgilash uchun ishlatiladi. Dengiz navigatsiyasida koʻrinma ufq aylanasi 32 R.ga (ikki R. orasidagi burchak 1G15’ga teng), meteorologiyada hamma ufq 16 R.ga boʻlinadi. Bundagi shimol, sharq, gʻarb va janub yoʻnalishiga mos kelgan R. bosh R.lar deyilib, lot. N, Ye, W, S harflar bilan belgilanadi. Geodezshda biror belgilangan yoʻnalishning geografik meridian bilan hosil qilgan va 0 dan 90° gacha boʻlgan burchagi ham R. deyiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |