Kontent qismiga oʻtish

Rumeli Hisor qal’asi

Koordinatalari: 41°05′05″N 29°03′22″E / 41.08472°N 29.05611°E / 41.08472; 29.05611
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rumeli Hisor qal’asi
Rumeli Hisarı

Qalʼaning Bosfor boʻgʻozidan koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Turi Qalʼa
Tasnifi Boʻgʻozdan kemalar oʻtishini toʻxtatish
Shahar Istanbul
Mamlakat Turkiya Turkiya
Koordinatalar 41°05′05″N 29°03′22″E / 41.08472°N 29.05611°E / 41.08472; 29.05611
Qurilishi tugagan 1452-yil
Mijoz Mehmed II Fotih
Rumeli Hisor qal’asi

Rumeli Hisor qal’asi (turkcha: Rumeli Hisarı) – Istanbulning Sariyer tumanida qurilgan hisor qalʼa. Qal’a Mehmed II Fotihning Istanbulni egallash vaqtida Qora dengizdan kelishi mumkin boʻlgan kemalarni toʻxtatish maqsadida Istanbul Boʻgʻozining eng tor (698 m) qismida Anadoluxisar qal’asining qarshisida bunyod etilgan.

Hisorning qurilish ishlari 1452-yil 15-aprel kuni boshlagan. Hisor qurilishi davomida, ishlarning nazorati posholarga boʻlib berilgan. Xususan, hisorning dengiz tarafiga qaragan qismini sulton Mehmed II Fotihning oʻzi nazorat qilgan. Dengizdan qaraganda hisorning oʻng tomondagi qismi Saruca Poshoning, chap tomoni esa Zaganos Mehmed poshoning, dengizning qirgʻogʻidagi minora Chandarli Halil poshoning nazoratiga topshirilgan. Rumeli Hisor qal’asi Konstantinopolning qulashi vaqtida qarshisidagi Anadoluxisar qal’asi bilan muhim ahamiyat kasb etgan.