Kontent qismiga oʻtish

Ruqiya Xoʻjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruqiya Xoʻjayeva (Rahimova)
Tavalludi 1908-yil
Vafoti 1937-yil 21-oktyabr
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi
  • 1920—1921, Drezden taʼlim tarbiya bilim yurti
  • Samarqand Meditsina instituti
Kasbi oʻqituvchi
Faoliyat yillari 1923—1936-yillar
Turmush oʻrtogʻi Isa Xoʻjayev
Bolalari Gulnahor Isayeva
Otasi Qayum Rahimov
Qarindoshlari Gulsum Rahimova-Ashrafiy (opasi)

Ruqiya Xoʻjayeva (1908-yilda tugʻilgan – 1937-yil 21-oktyabrda vafot etgan) – qozogʻistonlik malakali pedagog, oliy maʼlumotli muallima. Germaniyaga oʻqish uchun yuborilgan qatagʻon qurbonlaridan biri[1].

Ruqiya Xoʻjayeva 1908-yil Qirimda savdogarchilik bilan shugʻullanuvchi ziyoli Qayum Rahimov oilasida tavallud topgan. Baʼzi sabablarga koʻra, 1913-yilda ular ota-onasi bilan birgalikda Turkiyaning Istanbul shahriga koʻchib oʻtishgan.

Ruqiya Xoʻjayeva 1934-yilda Tojikiston respublikasining Moskvadagi vakolatxonasida rahbar sifatida faoliyat yurita boshlagan Isa Xoʻjayev bilan turmush qurgan, ular Moskvaga koʻchib borib, 1937-yilga qadar oʻsha yerda yashashgan. Ularning bir qiz farzandi boʻlgan.

Taʼlimi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1913-yil Turkiyaga koʻchib borishgandan keyin, Xoʻjayeva oʻsha yerdagi mashhur turk adibasi Xolidaxonim nomidagi maktabda tahsil olgan. Ammo uning otasi Qayum Rahimov Turkiyaning oʻqitish sharoitlaridan qoniqmaganligi uchun Germaniyadagi musulmon harbiy asirlariga yordam koʻrsatish jamiyatida ishlovchi Olimjon Idrisiydan qizlarini Germaniyaga joʻnatish uchun yordam soʻragan. Shundan soʻng, 1918-yilda Ruqiya va Gulsum Rahimovalar Germaniyaga oʻqishga yuborilgan.

Dastlab, ikki yilga yaqin ular Berlinda yashaydilar. Soʻng, 1920—1921-yillarda Drezden shahridagi maktabgacha taʼlim-tarbiya bilim yurtida tahsil oldilar. 1925-yilda oliygohni tamomlab, 1926-yilda SSSRga qaytib kelishgan. Oradan ikki oy oʻtgach, Ruqiya Buxoroga borib, oʻsha yerdagi internatda taʼlim-tarbiya ishlari bilan shugʻillangan.

1927-yilda Tojikiston avtonom respublikasining poytaxti boʻlgan Dushanbe shahriga borgan vaTojikiston Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi qoshida ochilgan mahalliy mashinist kadrlar tayyorlov kursida dars bera boshlagan. U yerda 1932-yilgacha faoliyat yuritib, shu yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston Oliy pedagogika institutiga nemis tili oʻqiyuvchisi sifatida yuborilgan.

1932-yilning soʻngida, Ruqiya Xoʻjayeva Samarqand Meditsina institutiga oʻqishga kirgan va u yerda 1934-yilgacha tahsil olgan.

Ayblov va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1937-yilda Isa Xoʻjayev Dushanbega ketgan vaqtida hibsga olingan. Uni koʻrish uchun borganda Ruqiya Xoʻjayeva ham „xalq dushmanining xotini“ sifatida qamoqqa olingan. Shundan soʻng, unga Germaniyada oʻqigan yillarida sovetlarga qarshi Turkiston mustaqilligi uchun kurashuvchi millatchilik tashkilotining faol aʼzosi, Germaniya manfaatiga josuslik ishlari bilan shugʻillangan kabi ayblovlar qoʻyilgan.

Mazkur tuxmatlar va soxta dalillar asosida boshqa Germaniyada tahsil olib qaytgan yoshlar qatorida Ruqiya Rahimova ham 1937-yil 16-oktyabrda Tojikiston NKVD qoshidagi „uchlik“ qarori bilan sudsiz, guvohlar chaqiruvisiz oliy jazo – otuvga hukum qilingan. Besh oydan koʻproq muddat NKVD qamoqxonasida saqlangan Ruqiya ogʻir kasal holida 1937-yil 21-oktyabr kuni kechasi otib tashlangan[2].

  1. Turdiyev, Sherali. Ular Germaniyada oʻqigan edilar, 1-nashr, Toshkent: Akadem - Xizmat bosmaxonasi, 03.04.2006 — 258-bet. 
  2. Murtazayeva, Raxbar; Jurayeva, Nilufar „O'tmishga nazar“. tadqiqot.uz. Qaraldi: 2024-yil 4-may.