Rus sousi
Rus sousi (inglizcha: Russian dressing; soʻzma-soʻz tarjimasi — „ruscha ziravorlash“) — salat uchun amerikacha achchiq ziravor. Sousning asosini mayonez va ketchup tashkil etadi. „Ruben“ sendvichi kabi Amerika oshxonasining muhim tarkibiy qismi. Ming orol sousiga oʻxshash.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rus sousi haqida birinchi marta 1910-yilda tilga olingan va Amerika manbalariga tegishli. Xuddi shu yili Charlz Fellouzning pazandalik kitobida pomidor va sarsabil tortilganda rus sousi sirka bilan taqqoslanadi[1][2].
Sous nomining kelib chiqishi aniq emas, chunki na ketchup, na mayonez anʼanaviy rus oshxonasida yoʻq. U 1910-yilgacha AQShdan tashqarida mavjud boʻlgani haqida hech qanday dalil yoʻq.
Tarixchilarning fikriga koʻra, mayonezga asoslangan sous versiyasi 1910-yillarning boshlarida[3]. Nyu-Xempshir shtatidagi Nashua shahrida paydo boʻlgan[4][5]. Uning asl yaratuvchisi Jeyms Kolberndir. 1927-yildagi biografik maqola uni „rus sousidek mazali ziravorning muallifi va birinchi ishlab chiqaruvchisi“ deb ataydi. Kolbern kamida 1910-yildan beri doʻkonida bu mayonezli sousni sotgan. 1914-yilga kelib, Kolbern sous ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi hamda uni baqqollar va mehmonxonalarga sotishni boshlaydi[6].
Tayyorlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rus sousi, odatda, pimento mitti achchiq qalampiri (oʻzbek mahalliy shevasida „bomba“ qalampir) hisobiga oʻtkir taʼmli boʻladi. Mayonez va ketchupdan tashqari, unga, koʻpincha, yerqalampir, shnit-piyoz va dorivorlar qoʻshiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Russian dressing(ingl.) // Frederick, Maryland News : газета. — 1900. — 24 March (no. 5/3).
- ↑ Fellows, Charles. The menu maker; suggestions for selecting and arranging menus for hotels and restaurants, with object of changing from day to day to give continuous variety of foods in season. Chicago: The Hotel Monthly Press, 1910 — 114-bet.
- ↑ Dean Shalhoup. „City gave roots to numerous famous inventions“ (en). Nashua Telegraph (2012-yil 22-iyul). 2020-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
- ↑ John Holl.. „America was sweet on its spicy Russian dressing — until Thousand Island, that is“. The Washington Post (2014-yil 22-dekabr). 2020-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Local mention“ (en). The Nashua Telegraph (may, 6. 1910). „Colburn's Mayonnaise salad dressing only 50 cents a pint, at Colburn's market“.
- ↑ „Colburn popularized mayonnaise“ (en). Nashua Telegraph (30-iyun 1930-yil), s. P. 9.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Erhard Gorys. Russian Dressing // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 456. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
- Eckhard Supp. Russian Dressing // Wörterbuch Kochkunst: Von Amuse-Bouche bis Zierschnee. — Mannheim: Dudenverlag, 2011. — S. 76. — 128 S. — ISBN 978-3-411-70392-0.
- Charles Sinclair. Russian dressing // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 494. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.