Kontent qismiga oʻtish

Ruse

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ruse — Bolgariyadagi shahar. Ruse okrugining maʼmuriy markazi. Aholisi 162,1 ming kishi (2001). Mamlakatning Dunay daryosi boʻyidagi yirik porti. Transport yoʻllari tuguni. Temir yoʻl va avtomobil yoʻli koʻprigi orqali Ruminiyaning Jurju shahri bilan bogʻlangan. Mashinasozlik (xususan, ogʻir, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, elektrotexnika), kemasozlik, priborsozlik, kimyo, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari mavjud. Mebel ishlab chiqariladi. Opera va drama teatrlari, tarix muzeyi, qishloq xoʻjaligi instituti bor. Shaharga 1-asrda rimliklar asos solgan. 6-asrgacha harbiy markaz boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil