Kontent qismiga oʻtish

Ruslan Stefanchuk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruslan Stefanchuk
Руслан Стефанчук

Stefanchuk 2022-yilda
Oliy Rada raisi
Mansab davri
8-oktyabr 2021-yil
Oʻtmishdoshi Dmytro Razumkov
Oliy Rada raisining birinchi o'rinbosari
Mansab davri
29-avgust 2019-yil – 8-oktyabr 2021-yil
Oʻtmishdoshi Irina Herashchenko
Vorisi Oleksandr Kornienko
Prezidentning Oliy Radadagi vakili
Mansab davri
21-may 2019-yil – 7-oktyabr 2021-yil
Oʻtmishdoshi Irina Lutsenko
Vorisi Fedir Venislavskyi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Ruslan Oleksiyovych Stefanchuk

29-oktyabr 1975-yil
Ternopil, Ukraina
Siyosiy partiyasi Xalq xizmatkori
Taʼlim Xmelnitskiy nomidagi viloyat boshqaruv va huquq instituti
Xmelnitskiy nomidagi milliy universiteti

Ruslan Oleksiyovich Stefanchuk (ukraincha: Руслан Олексійович Стефанчук; 1975-yil 29-oktyabrda tugʻilgan[1]) – ukrainalik siyosatchi, huquqshunos va Oliy Rada raisi (2021-yil oktyabrdan)[2][3].

Stefanchuk 2019-yilgi Ukraina prezidentlik saylovlarida Vladimir Zelenskiyning saylovoldi kampaniyasining ideologi sifatida eʼtirof etilgan[4]. U 2019-yilgi Ukraina parlament saylovida „Xalq xizmatkori“ partiyasi aʼzosi sifatida (partiya roʻyxatida 2-oʻrin) Ukraina parlamentiga saylangan[5].

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi kuni ertalab Stefanchuk Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlar ortidan Mariinskiy saroyiga olib ketildi. Sababi prezident oʻldirilgan taqdirda u mamlakat boshqaruvini oʻz qoʻliga olishi kerak edi[6].

Stefanchuk Xmelnitskiy menejment va huquq universitetida huquqshunoslik darajasini olgan. Shuningdek Xmelnitskiy nomidagi Milliy universitetida ham tahsil olgan. Yuridik fanlar doktori, professor.

U „Ukraina huquqi“ huquq jurnali bosh muharririning birinchi oʻrinbosari[7].

Oliy Rada deputati Anatoliy Matviyenkoning yordamchisi (2007–2012)[8].

Stefanchuk muxbir aʼzosi. Ukrainada xizmat koʻrsatgan fan va texnologiya xodimi (2017)[9].

U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning 2019-yilgi saylovoldi dasturi mualliflaridan biri[10]. Zelenskiy saylovda gʻalaba qozondi. [11]

Stefanchuk 2019-yil 21-may[12][13][14] dan 2021-yil 7-oktabrgacha[13] Ukraina Prezidenti Zelenskiyning Oliy Radadagi (Ukraina milliy parlamenti) vakili boʻlgan.

2019-yilgi Ukraina parlament saylovlarida Stefanchuk parlamentga saylandi (partiya roʻyxatida 2-oʻrin)[5]. Uning akasi Mikola Stefanchuk (oʻsha saylovda) 187-sonli bir mandatli saylov okrugidan (Xmelnitskiy viloyatida joylashgan) shu partiyadan saylangan[5] Jami „Xalq xizmatkori“ partiyasi umummilliy partiya roʻyxatida 124 oʻrin va 130 ta saylov okrugi oʻrnini qoʻlga kiritdi.

2019-yil 29-avgust kuni Stefanchuk Oliy Rada raisining birinchi oʻrinbosari etib saylandi[15].

2021-yil 7-oktabrda Oliy Rada Dmitriy Razumkovni parlament raisi lavozimidan ozod etish uchun ovoz berdi[16]. Ertasi kuni Stefanchuk parlament raisi etib saylandi va 261 Oliy Rada aʼzosi bu tayinlashni qoʻllab-quvvatladi[2].

2021-yil 15-oktabrda Stefanchuk prezident Zelenskiy tomonidan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi etib tayinlandi.

  1. „Стефанчук Руслан Олексійович“ (uk). Central Election Commission. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  2. 2,0 2,1 „Stefanchuk Of Ukraine's Ruling Party Becomes New Parliament Speaker“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty. Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
  3. „Новим спікером став Стефанчук: шлях від КВН до голови Верховної Ради“. bbc.com. BBC News Ukrainian (2021-yil 8-oktyabr).
  4. „Zelenskiy's First Moves as President in Case of Victory“. Hromadske International (2019-yil 10-aprel). 2022-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Велика рідня-2019. Хто кому кум, брат, син і донька у новій Верховній Раді - новини Еспресо TV | Україна“. espreso.tv.
  6. „Russian hitmen 'parachuted into Kyiv to kill Zelensky' at start of war“. Independent.co.uk (2022-yil 29-aprel).
  7. „Chief of Editorial Council“. Pravo Ukraine. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  8. „Посіпаки: Стефанчук Руслан Олексійович, помічник народного депутата“. posipaky.info. 2022-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
  9. „УКАЗ ПРЕЗИДЕНТА УКРАЇНИ №398/2017 Про відзначення державними нагородами України з нагоди 26-ї річниці підтвердження всеукраїнським референдумом Акта проголошення незалежності України 1 грудня 1991 року“ (uk). president.gov.ua (2017-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  10. „Zelenskyi presents his team two days before election“. censor.net.ua (2019-yil 19-aprel). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  11. Ukraine election: Comedian Zelensky wins presidency by landslide, BBC News (22 April 2019)
  12. „Ruslan Stefanchuk becomes president's representative in VR“. Ukrinform (2019-yil 22-may). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  13. 13,0 13,1 Zelensky dismisses Stefanchuk from duties of presidential rep in parliament, Interfax-Ukraine (7 October 2021)
  14. „First hundred candidates on Servant of the People's election list: who are they?“. Interfax-Ukraine (2019-yil 12-iyun). Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  15. Stefanchuk elected First Deputy Rada chairman of IX convocation, Interfax-Ukraine (29 August 2019)
  16. „Ukrainian Lawmakers Vote To Remove Parliament Speaker Razumkov“ (en). RadioFreeEurope/RadioLiberty. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
Siyosiy idoralar
Oldingisi
Dmytro Razumkov
Oliy Rada raisi
2021-yildan hozirgacha
Amaldagi