Rustam
Qiyofa
Rustam — Oʻrta Sharq xalqlari ogʻzaki va yozma adabiyotidagi anʼanaviy obraz; mardlik, pahlavonlik haqidagi mifologik tushuncha va epik idealning ramziy ifodasi. Bu obraz fors afsonalari va "Shohnoma"da Eron himoyachisi sifatida naql etilsa, turkiy xalqlar eposi va afsonalarida Afrosiyobning bobosi — Turning avlod — ajdodidan deb taʼriflanadi va u Turonni chet el bosqinchilaridan himoya qiladi. Rustam obrazida toʻgʻrilik, mehribonlik, adolatparvarlik hamda soddadillik kabi axloq meʼyorlari mujassamlashgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |