Rustam Aslanov
Aslanov Rustam Mamedovich (1937-yilda Turkmanistonning Chorjuy shahrida tugʻilgan — 2009-yilda vafot etgan) — sharqshunos, tarixchi, xitoyshunos, tarix fanlari nomzodi, dotsent. ToshDU sharq fakultetining 1962-yil bitiruvchisi. Oʻzbekiston radiosi sobiq bosh muharriri (1967—1969)[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pekin universitetida stajyor (1962—1963), ToshDU sharq fakulteti xitoy tili oʻqituvchisi va dekan muovini (1963—1967), Nanzan universitetida (Singapur Respublikasi) stajyor (1968—1969); Partiya Markaziy Komiteti qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi aspiranti (1969—1972; Moskva); Oʻzbekiston Davlat teleradio komitetida xorijiy mamlakatlar uchun eshittirish dasturining direktori (1972—1976); 1976-yildan Rossiya FA Uzoq Sharq institutida katta ilmiy xodim [orada Xitoy universitetiga ilmiy safar (1988 — 1989)], direktor muovini (1989), vafotiga qadar yetakchi ilmiy xodim va Xitoy siyosiy va tarixiy tadqiqotlari Markazi boshligʻi (2009).
Ilmiy yoʻnalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xitoy kompartiyasi tarixi. Xitoy kompartiyasi tarixi va uning boshqa xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari. 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi. Rossiya Uzoq Sharq institutida muttasil oʻtkazib kelinadigan „Xitoy, xitoy sivilizatsiyasi va dunyo. Tarix, hozirgi zamon, istiqbol“ mavzuidagi ilmiy konferensiya doimiy tashkiliy qoʻmitasining raisi boʻlgan. RAYENning muxbir aʼzosi.[2]
Asosiy ilmiy ishlari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nomz. diss. mavzusi: „Nekotorie ideyno-politicheskiye konsepsii maoizma i ix vliyaniye na kommunisticheskiye dvijeniya v Yugo-Vostochnoy Azii“. — M., 1972.
- Kitay na puti modernizatsii i reform: Tez. dokl. — M., 1991.
- Kak upravlyayetsya Kitay — M., 2001. — v soavt.
- Kommunisticheskaya partiya Kitaya: istoriya i sovremennie problemi. — M., 2001. -v soavt.
- Politicheskaya sistema Kitayskoy Narodnoy Respubliki (struktura osnovnix institutov vlasti). — M., 1996. — v soavt.
- Kitay — Zemlya nebesnogo drakona [Kniga-albom], Shonessi Edvard. — L. 2001.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi
- ↑ 2,0 2,1 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 227—229.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 227—229-bet.