Kontent qismiga oʻtish

Rustam To‘laganov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rustam To'lqin o'g'li To'laganov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 8-oktyabr 1991-yil (1991-10-08) (33 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Boks
Medallar
Sport mukofotlari
Olimpiya oʻyinlari
Bronza Rio-de-Janeyro 2016 91 kg gacha
Osiyo chempionati
Kumush Bangkok 2015 91 kg gacha

Rustam To'lqin o'g'li To'laganov (6-oktabr 1991-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik professional bokschi boʻlib, yarim ogʻir vazn toifasida ishtirok etadi. Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori (2016), havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori (2015).

Havaskorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam Toʻlaganov 2015-yil sentyabrda Bangkokdagi Osiyo chempionatida 91 kg vazn toifasida finalda qozogʻistonlik Vasiliy Levitga magʻlub boʻlib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

U 2015-yil oktyabr oyida Dohada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etib, musobaqaning 1/16 finalida hakamlarning yakdil qarori bilan yangi zelandiyalik Devid Nik ustidan (3:0 hisobida) gʻalaba qozonadi, lekin chorak finalda esa kubalik Erislandi Savonga bir ovozdan (0:3 ball hisobida) imkoniyatni boy beradi.

Rustam Toʻlaganov 2016-yil avgust oyida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlarida 91 kg vazn bilan bronza medalini qoʻlga kiritadi.

Professionallik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustam 2017-yilning 27-oktyabrda amerikalik bokschi Robert Gerrani (2:5) hakamlarning yakdil qarori bilan (bal: 40-36, 40-36, 40-36) magʻlub etib, boksdagi professional faoliyatini boshlagan[1].