Rustika
Qiyofa
Rustika (lot. rusticus — oddiy, dagʻal) — meʼmorchilikda devor turi. Binoni boʻrtmali qilib terish yoki toʻgʻri burchakli dagʻal taroshlanmagan tosh (kvadra)lar bilan qoplash. Binoni hashamatli va mahobatli qilib koʻrsatadi. R.ning mahalliy namunalari Ismoil Somoniy maqbarasi, Mir Sayd Bahrom maqbarasi, Sayfiddin Boharziy maqbarasi va boshqa meʼmoriy yodgorliklarda saqlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |