Kontent qismiga oʻtish

Ruth Crosby Noble

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruth Crosby Noble

Gerpetologiya sohasiga salmoqli hissa qo'shgan olima
Tavalludi 15-mart 1897[1]
Vafoti 27-mart 1988[2][3] New Jersey shtatining Allendeyl shahri
Istiqomat joylari Connecticut shtati, Hartford shahri
Fuqaroligi amerikant
Millati ingliz
Sohasi gerpetolog
Ish joylari Amerika tabiiy tarix muzeyi
Institutlar Wellesley kolleji bakalavr, Kolumbiya universitetida magistr
Tezis sarlavhasi „Yirtqich tabiat“
Turmush oʻrtogʻi Gladwyn Kingsley Noble

Ruth Crosby Noble (1896/1897). — 1988-yil mart) amerikalik yozuvchi va gerpetolog boʻlgan. Amerika tabiat tarixi muzeyida ishlagan u turmush oʻrtogʻi Gladwyn Kingsley Noble bilan birga qurbaqaning yangi turini — Eleutherodactylus ruthae ni kashf qildi va unga uning nomi berildi. Noble keyinchalik hayvonlarning xulq-atvoriga bagʻishlangan „Yirtqich tabiat“ nomli asarini yaratdi.

Hayot yoʻli va martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Born Ruth Crosby 1986-yil yoki 1987-yil tugʻilgan boʻlib, u Connecticut shtatining Hartford shahrida taʼlim-tarbiya olgan va Massachusettsdagi Wellesley kollejida tahsil olgan. U yerda talaba boʻlganida, u oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi, Harvard universiteti talabasi Gladwyn Kingsley Noble bilan tanishgan[4]. Keyinchalik u New-Yorkka koʻchib oʻtdi va 1919-yildan 1923-yilgacha Amerika tabiiy tarix muzeyining taʼlim[5] va gerpetologiya boʻlimlarida assistent boʻlib ishlagan[6]. Muzeyda u muzey eksponatlarini koʻr odamlar uchun qulayroq qilish uchun ulkan izlanishlar olib borgan. U, shuningdek, Amerika Universitet ayollari assotsiatsiyasining aʼzosi boʻlgan va Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida faol boʻlgan[7].

Muzeyda biolog hodimlari Hispaniolaga ekspeditsiyani uyushtirishdi, ular oʻsha paytda ilm-fanga juda kam maʼlum boʻlgan karkidon, iguana va Hispaniolan gigant daraxt qurbaqasini oʻrganishdi. Tadqiqotchilar 200 dan ortiq tirik qurbaqa va 40 turdagi iguanalarni qoʻlga olib, muzeyga yuborishga muvaffaq boʻlishdi: Gladwyn Noble oʻz mutolaalarida: „Har ikkala shaklni ham topish va ularning hayot tarixini ishlab chiqish baxtiga muyassar boʻldik“ deb oʻz asarlarida yozib qoldirgan[8]. U va uning turmush o‘rtog‘i Eleutherodactylus ruthae qurbaqasini Dominikan Respublikasida muzey tomonidan moliyalashtirilgan ekspeditsiya paytida topdilar; qurbaqani eri Ruf nomi bilan atagan[9]. Muzeyda ishlayotgan paytda u Kolumbiya universitetida magistrlik darajasini oldi[10].

1945-yilda[11] Noble turmush oʻrtogʻining tadqiqotlari va eslatmalari asosida hayvonlarning xatti-harakati haqida yozilgan "Yirtqich tabiat" kitobini nashr etdi. Bu oson tushunarli ingliz tilida yozilgan asar bo'lib, tabiiy tarix kuzatuvlari, hamda, laboratoriya tajribalaridan olingan materiallarni oʻz ichiga olgan toʻplam ishidir[11]. Uning 17 bobida keltirilgan mavzularda hayvonlarga nisbatan ijtimoiy munosabatlar va hayvonlardagi hissiyotlarni ifodalovchi qarashlarni oʻz ichiga oladi[11][12]. Ushbu qoʻlyozma nashr etilishidan oldin ham psixologlar, ham tabiatshunoslar tomonidan oʻqilgan: Robert Yerkes, Frank Beach va Ernst Mayr uning qismlariga kirish va tahrirlash huquqiga ega boʻlganlar[11]. Psixologik byulletenda kitobni koʻrib chiqishda uning materiali batafsil yoritilganligi yuqori baholandi va undan qiyosiy psixologiya kurslarida foydalanish tavsiya qilindi[11]. Amerika Entomologiya Jamiyatining Annals jurnalida yozgan sharhlovchi, kitobning „oʻyin-kulgini ilmiy qiymat bilan uygʻunlashtirgan noyob sifati“ ekanligini taʼkidlab oʻtgan[12].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

NobleEnglewoodning Birinchi Presviterian cherkovining aʼzosi va Englewood ayollar klubi prezidenti boʻlgan[13]. Gladwyn Kingsley Noble bilan turmush qurgan.

Ruth Crosby Noble 1988-yil 15-mart yoki 27-mart[10][13] da 91 yoshida Nyu-Jersi shtatining Allendeyl shahridagi qariyalar uyida vafot etgan. Undan koʻplab qoʻlyozma va asarlar qolgan.

Tanlangan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. — Т. 2. — С. 735.
  2. — Т. 45. — С. 3.
  3. (unspecified title) — С. 29.
  4. Fitzgerald, Helen (March 27, 1927). "Woman hunts giant Saurians". The Brooklyn Daily Eagle. p. 89.
  5. Museum community is saddened by the passing of four". Grapevine. New York, N.Y.: Employees' Benefit Association of the American Museum of Natural History. 40 (1). January–February 1983.
  6. Fitzgerald, Helen (March 27, 1927). "Woman hunts giant Saurians". The Brooklyn Daily Eagle. p. 89.
  7. "Ruth Crosby Noble, 91, former trustee". The Record. March 30, 1988 – via newspapers.com.
  8. Rader, Karen A.. Life on Display: Revolutionizing U.S. Museums of Science and Natural History in the Twentieth Century. University of Chicago Press, 2014 — 61–62-bet. DOI:10.7208/9780226079837-004. 
  9. Fitzgerald, Helen. „Woman hunts giant Saurians“. The Brooklyn Daily Eagle (1927-yil 27-mart), s. 89.Fitzgerald, Helen (March 27, 1927). „Woman hunts giant Saurians“. The Brooklyn Daily Eagle. p. 89.
  10. 10,0 10,1 "Museum community is saddened by the passing of four". Grapevine (New York, N.Y.: Employees' Benefit Association of the American Museum of Natural History) 40 (1). January–February 1983. https://archive.org/details/grapevine4049amer/page/n4/mode/1up. "Museum community is saddened by the passing of four". Grapevine. New York, N.Y.: Employees' Benefit Association of the American Museum of Natural History. 40 (1). January-February 1983.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 Carpenter, C. R. (1945). "Review of The Nature of the Beast". Psychological Bulletin 42 (7): 482–483. doi:10.1037/h0050087. https://archive.org/details/sim_psychological-bulletin_1945-07_42_7/page/482. 
  12. 12,0 12,1 L., A. W. (September 1, 1945). "The Nature of the Beast". Annals of the Entomological Society of America 38 (3): 454. doi:10.1093/aesa/38.3.454. 
  13. 13,0 13,1 „Ruth Crosby Noble, 91, former trustee“. The Record (1988-yil 30-mart).„Ruth Crosby Noble, 91, former trustee“. The Record. March 30, 1988 – via newspapers.com.