Ruth Heller Aucott
Ruth Heller Aucott (taxminan 1934-yilda tugʻilgan) — Amerika milliy terma jamoasining sobiq xokkeychi va amaldori. U 1955-yildan 196-yilgacha AQSH ayollar milliy chim ustida xokkey jamoasida yetti marta oʻynagan va AQSh Xokkey assotsiatsiyasi shon-shuhrat zaliga kirgan.
Dastlabki yillar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hellerning yishligi Filadelfiya hududida oʻtgan va Cheltenham oʻrta maktabida oʻqigan va 1952-yilda tugatgan[1].
U 1952-yildan 1956-yilgacha Ursinus kollejida oʻqigan va basketbol, tennis va xokkey sport turlari boʻyicha toʻrtta universitet mukofotni qoʻlga kiritgan[2][3]. U butun amerikalik sifatida tanlangan birinchi kollej oʻyinchisi boʻlgan[3][4]. U shuningdek, 1956-yilgi Ursinus sinfining valediktori boʻlgan[2].
Sportdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1955-yildan 1967-yilgacha yetti marta AQSh milliy terma jamoasida oʻynagan.shuningdek 1956-yilda Avstraliyada va 1959-yilda Gollandiyada oʻynagan xalqaro gastrol jamoalarida ham AQSh sharafni munosib himoya qilgan[5].
Keyinchalik u USFHA qoidalarni ishlab chiqish qoʻmitasining hakami va aʼzosi boʻlib ishlagan[2][3]. 1988-yilda u AQSH dala xokkeyi shon-shuhrat zaliga kiritilgan[5]. U, shuningdek, Ursinus shon-sharaf zaliga va Summit okrugi shon-shuhrat zaliga ham kiritilgan kam sonli ayol sportchilardan biri boʻlgan[2].
Ruth Heller Aucott golf va tennisda ham yaxshi natijalarga erishgan. U 1962-yilda Akron ayollar tennis chempionatida gʻolib chiqqan va 1987-yilda Ogayo shtatidagi katta ayollar golf turnirida gʻolib chiqqan[3].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aucott 1956-yilda Geotge V. Aucott bilan turmush qurgan. Ular koʻp yillar davomida Ogayo shtatining Akron shahrida yashagan, Jorj Firestone Tire and Rubber kompaniyasining prezidenti va bosh operatsion direktori boʻlib ishlagan va hozirda nafaqaga chiqqan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Former field hockey stars to be honored“. The Philadelphia Inquirer (1988-yil 4-yanvar), s. 16H.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Summit County Hall of Fame/Ruth Aucott“. The Akron Beacon Journal (1989-yil 24-sentyabr), s. C3. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "SCHOF" defined multiple times with different content - ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Linda B. Klein. „A Lady Who Swings A Mean Stick“. The Akron Beacon Journal (1989-yil 8-yanvar), s. 124–125.
- ↑ John Seaburn. „Aucott's self-taught method works“. The Akron Beacon Journal (1984-yil 5-avgust), s. 4.
- ↑ 5,0 5,1 „23 women become first to enter U.S. 'Hall'“. The Morning Call (1988-yil 17-yanvar), s. C8.