Rutul tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rutul tili
Milliy nomi MıxaӀbişdı ç'al
Mamlakatlar Ozarbayjon[1] va Rossiya[2]
Rasmiylik holati Dogʻiston
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 30 360[3]
Oʻrni ?
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Dogʻiston tillari

Lezgin tarmoq[4]
Alifbosi lotin, kirill,
Til kodlari
ISO 639-3 rut

Rutul tili (rut. Мыха́Ӏбишды чӀал) — rutullar soʻzlashadigan til. Nax-dogʻiston tillarining lezgin guruhiga kiradi. Rossiyada rutul tilida soʻzlashuvchilar soni - 30,360 kishini tashkil etadi (2010). Dogʻistonning Rutul mintaqasida, shuningdek baʼzi qishloqlarda (Kaynar (Gaynar), Xirsa, Oq-Bulax, Dashyuz, Shin, Shorsu va boshqalarda tarqalgan)[5][6][7][8][9][10]. Ozarbayjonning Sheki va Kax viloyatlarida soʻzlashuvchilar mavjud[11][12].

„МыхаӀбишды цӀинды хабарбыр“ ijtimoiy-siyosiy gazetasi rutul tilida nashr etiladi, har kuni Maxachqalada 30 daqiqalik radio dastur, oyiga bir marta Dogʻistonda Rutul tilida dastur efirga uzatiladi.

Rutul tili Dogʻistonning davlat tillaridan biri hisoblanadi.

Yozuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inqilobdan oldin rutullar arab yozuvidan foydalanganlar. Arab yozuvida XVIII asrda ash Raj Korut Rajabning rutul tili Ixrek shevasidagi qoʻshiq matni yozma manba sifatida tanilgan[13]. Kirill alifbosiga asoslangan zamonaviy Rutul alifbosi 1990-yilda kiritilgan[14]. Rutul yozuvining asoschilari va kirill alifbosiga asoslangan rutul alifbosini tuzuvchilar G. X. Ibragimov[15], S. M. Maxmudova[16][17], K. E. Jamolovdir. 1992-yilda professor Maxmudova S.M. va Jamalov K.E[18] 1-sinf oʻquvchilari uchun rutul tilida darslik - „Alifba: 1-sinf kitobi“ni tayyorlashgan[16][19]. Ushbu nashrda, ilgari qabul qilingan alifbodan tashqari, Дз дз digrafi ham kiritilgan.

Zamonaviy Rutul alifbosi:

А а АӀ аl Б б В в Г г Гъ гъ Гь гь ГӀ гl Д д Е е Ё ё
Дж дж Ж ж Дз дз З з И и Й й К к Къ къ Кь кь КӀ кӀ Л л
М м Н н О о П п ПӀ пӀ Р р С с Т т ТӀ тӀ У у Уь уь
УӀ уl Ф ф Х х Хъ хъ Хь хь Ц ц ЦӀ цӀ Ч ч ЧӀ чӀ Ш ш Щ щ
Ъ ъ Ы ы ЫӀ ыӀ Ь ь Э э Ю ю Я я

Lahjalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rutul tili 5 lahjadan tashkil topgan: Muxad (shu jumladan Luchek lahjasi) - rutul adabiy tilining asosiy lahjasi, Shinaz, Muxrek, Ixrek va Borchin-Xnov. Ixrek va Borchin-Xnov rutul tilining janubi-gʻarbiy lahjasini tashkil qiladi. Muxad, Shinaz va Muxrek sharqiy shevani tashkil qiladi. Tizimli va tuzilish xususiyatlari jihatidan janubi-gʻarbiy lahja Saxur tiliga, sharqiy sheva budux va kriz tillariga yaqin. Baʼzi shevalarda muxad shevasida boʻlmagan ЭӀ fonemasi mavjud, shuning uchun u adabiy rutul tili alifbosida berilmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. Информационные материалы об окончательных итогах Всероссийской переписи населения 2010 года, 2018-02-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-22
  4. Языки мира: Кавказские языки. / Ред. М. Е. Алексеев, Г. А. Климов, С. А. Старостин, Я. Г. Тестелец. М.: Academia, 1999; 2001. — С. 373.
  5. Новая надпись на Албанском языке. Махмудова С. М.
  6. Kazuto Matsumura. Indigenous Minority Languages of Russia. A Bibliographical Guide. Токио, Япония: ELPR, 2002 — 232 bet.  (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)

  7. Рутульцы
  8. Учесть рутульцев Азербайджана: Интервью известного рутульского писателя и ученого Ф.Дашлая
  9. Рутульцы, 2017-04-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-22
  10. О проблемах шекинских рутульцев — газета «Черновик», 2020-10-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-10-22 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 32 (yordam)
  11. Михаил Алексеев, Казенин К. И., Мамед Сулейманов. Дагестанские народы Азербайджана: политика, история, культур. М.: Европа, 2006 — 88 bet. ISBN 5-9739-0070-3. 

  12. Рутульцы
  13. Ибрагимов Г. Х. „Рутульский язык“,. Языки Российской Федерации и соседних государств. Энциклопедия в 3-х томах. М.: Наука, 2001 — 493 bet. ISBN 5-02-011267-4, 5-02-011268-2 (Т.2). 
  14. Джамалов К. Э., Маамыдова С. М. Алифба: 1-классад китаб. МагьаӀджкъала, 1992
  15. http://www.riadagestan.ru/news/society/v_makhachkale_sostoitsya_meropriyatie_posvyashchennoe_90_letiyu_izvestnogo_rossiyskogo_filologa_garuna_ibragimova/ В Махачкале состоится мероприятие, посвященное 90-летию известного российского филолога Гаруна Ибрагимова
  16. 16,0 16,1 Рутульская и агульская литература
  17. Институт Языкознания РАН — Рутульский язык
  18. Рутульцы
  19. Kazuto Matsumura. Indigenous Minority Languages of Russia. A Bibliographical Guide. Токио, Япония: ELPR, 2002 — 232 bet.  (Wayback Machine saytida 2016-03-05 sanasida arxivlangan)