Kontent qismiga oʻtish

Ruxi Annayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruxi Annayev
Tavalludi 11 (24) yanvar 1911
Samarqand
Vafoti 7-iyul 1977
Sohasi fizika
Institutlar Moskva davlat universiteti (1936)

Ruxi Guseynovich Annayev (11-yanvar 1911-yil Samarqand – 1977-yil 7-iyul) – sovet fizigi, magnitlanish va metallar fizikasi sohasidagi koʻzga koʻringan olim. Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1951), 1956–1959-yillarda uning vitse-prezidenti.

Annayev 1911-yil 11-yanvarda Samarqandda tugʻilgan. Moskva davlat universitetining fizika fakultetini muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng (1936) magnitizm kafedrasida ishlashni davom ettirgan. 1941-yilning fevralida muddatidan oldin nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Annayev 1949-yil iyun oyida „Binar qotishmalarda atomlarning joylashish darajasiga qarab magnit-elektr hodisalarini tadqiq qilish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng Turkmaniston KP (b) Markaziy Qoʻmitasidan taklif olgan. Oʻsha paytda R. G. Annayev Turkmanistonda birinchi fan doktori boʻlgan[1].

Uning yuqori strukturali qotishmalardagi magnitelektrik hodisalarni oʻrganish natijalari sanoatda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Samarali ilmiy faoliyati davomida 15 ixtiro, 200 dan ortiq ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Ulardan biri: „Ferromagnit metallar va qotishmalardagi magnit-elektrik hodisalar“ (1952) monografiyasidir.

R. G. Annayevning tashkilotchi sifatida ilmiy doiradagi faoliyati rang-barangdir. 1949-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Turkmaniston filiali hisoblangan Fizika-texnika institutini ochilishida bosh qosh boʻlgan. 1949–1951-yillarda shu institut direktori lavozimida ishlagan. 1951–1953-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Fizika va geofizika instituti direktori. 1950-yilda Turkman universiteti tashkil topganidan beri R. G. Annayev fizika-matematika fakulteti, keyin esa fizika fakulteti professori boʻlib ishlagan. Uning rahbarligida qattiq jismlar fizikasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari ochilgan, 1963-yilda Nazariy va eksperimental fizika (TEF) kafedrasi ochilishiga bosh boʻlgan[2].

R. G. Annayev taniqli jamoat arbobi: 1956–1959-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi Prezidiumi partiya byurosi aʼzosi; 1960–1963-yillarda – Turkmaniston qishloq xoʻjaligi instituti partiya byurosi aʼzosi; 1963–1967-yillarda – Turkman davlat universitetining fizika-matematika, soʻngra fizika fakulteti partiya byurosi aʼzosi; 1956–1959-yillarda Turkmaniston SSR Fanlar akademiyasi qoshidagi siyosiy va ilmiy jamiyati guruhiga rahbarlik qilgan; 1957-yilda Turkmaniston Kommunistik partiyasining XIV qurultoyiga delegat etib saylangan.

R. G. Annayev Metallurgiya instituti bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.