Ryazan
Ryazan — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Ryazan viloyati markazi. Oka daryosi boʻyida. Yirik pristan. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 533,1 ming kishi (1998). Mashinasozlik (stanoksozlik, "Tyajpressmash", "Ryazselmash") i.ch. birlashmalari, avtomobil agregatlari, avtomobil apparaturasi, elektron priborlar, hisoblashanalitik mashinalar, isitish priborlari, neftni qayta ishlash, kimyoviy tola, kartonruberoid zdlari, qurilish materiallari i.ch., oziq-ovqat, yengil va yogʻochsozlik sanoati korxonalari ishlab turibdi. 2 ilmiy tadqiqot instituti, 4 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, tarixiymeʼmoriy muzeyqoʻriqxonasi, badiiy muzey, I.P.Pavlov uymuzeyi bor. R. yilnomalarda birinchi marta 1095-yildan tilga olingan. Dastlab Ryazan knyazligi markazi R. deb atalgan va hozirgi R.dan 50 km jan.sharqsa boʻlgan. Shahar 1237-yilda moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan. XIV asr oʻrtalarida knyazlik markazi Pereyaslavl—Ryazanskiy shahriga koʻchirilgan (bu knyazlik 1521-yilda Moskva davlati tarkibiga qoʻshildi). Shahar 1778-yildan Ryazan deb atala boshlagan. 1778—1929-yillarda Ryazan gubernyasi markazi. XIX asr oʻrtalarida R.da choʻyan quyish hamda yogʻ korxonalari va boshqa qurilgan. 1929—30 yillarda R. Moskva viloyati okrug markazi, 1937-yildan viloyat markazi. Meʼmoriy yodgorliklardan Kreml ansambli tarkibida: Xristorojdestvenskiy (XV asr, XIX asr), Arxangelskiy (XVI asr), Uspeniye (XVII asr) soborlari, Arxiyepiskop palatalari (XVII asr), Spas monastiri majmui (XVII— XVIII asrlar), XVII asrga oid bir qancha cherkovlar, klassik uslubdagi binolar, kasalxonalar (XIX asr boshlari), savdo rastalari (XIX asrning birinchi yarmi) va boshqa saqlangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |