Ryodan submadaniyati
“Ryodan” yoshlar submadaniyati bo‘lib, uning ishtirokchilari manga va anime (yapon komikslari va multfilmlari) “Hunter x Hunter”dan ilhomlangan. Ushbu guruhdagi o‘smirlar uzun qora soch va katakli shim bilan ajralib turadi. Shuningdek, ularning kiyimlarida “4” raqami tushirilgan o‘rgimchak rasmi ham tasvirlangan. Anime va mangada “Geney Ryodan” yoki “O‘rgimchaklar” deb nomlangan jinoiy to‘da mavjud va o‘rgimchak ularning ramzi hisoblanadi.
https://www.osnmedia.ru/?post_type=post&p=1140605 (Wayback Machine saytida 2023-09-08 sanasida arxivlangan)
Dastlab “Ryodan” harakati internetdagi bir nechta virtual jamoalardan tashkil topgan. Ular anime muxlislari bo‘lib, jamoada Yaponiya animelarini muhokama qilgan. Biroq ayni paytda “Ryodan” harakati turli darajadagi tan jarohati yetkazish, birovning mulkiga zarar yetkazishni ko‘zlagan.
“Ryodan” harakati asosan o‘smirlardan iborat bo‘lib, ularning eng kichigi 15 yoshda. Rossiyada “Ryodan” submadaniyati “VKontankte” ijtimoiy tarmoqda ham bir nechta jamoalarga ega. Ularning eng kattasi 193 mingga yaqin obunachiga ega[1].
“Ryodan” harakati ishtirokchilari o‘z nishonlarini aniqlab, savdo markazlarida ommaviy mushtlashuvlar, tartibsizliklar uyushtiradi. Rossiyada so‘nggi kunlarda ommaviy mushtlashuvlarda qatnashgani uchun 450 ga yaqin o‘smir, Belarusda esa kamida 200 kishi hibsga olingan. Ushbu submadaniyat vakillari bilan Qozog‘istonda va Ukrainada ham profilaktika ishlari amalga oshirilgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Ryodan” qanday harakat va u nima uchun xavf tug‘diradi?“. daryo.uz, s. 1-2. Qaraldi: https://daryo.uz/2023/03/06/ryodan-qanday-harakat-va-u-nima-uchun-xavf-tugdiradi.
- ↑ „“Ryodan” qanday harakat va u nima uchun xavf tug‘diradi?“. daryo.uz, s. 2. Qaraldi: https://daryo.uz/2023/03/06/ryodan-qanday-harakat-va-u-nima-uchun-xavf-tugdiradi.