Kontent qismiga oʻtish

Ryoko Tani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ryoko Tani
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Taxallusi/Laqabi Yawara-chan
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavallud sanasi 6-sentyabr 1975-yil (1975-09-06) (49 yosh)
Fukuoka, Yaponiya
Boʻyi 146 sm
Vazni 48 kg
Turmush oʻrtogʻi Yoshitomo Tani
Professional faoliyat
Havaskor faoliyat

Ryoko Tani (yaponcha: 谷 亮子, qizlik familiyasi Ryoko Tamura yaponcha: 田村 亮子, 6-sentyabr 1975-yil, Fukuoka, Yaponiya[1]) – yaponiyalik dzyudochi, dzyudo tarixida birinchi boʻlib 5 ta Olimpiada medalini (2 oltin, 2 kumush va 1 bronza) qoʻlga kiritgan va ayollar dzyudo tarixidagi yagona 7 karra jahon chempioni. 2010-yil iyul oyidan Yaponiya Demokratik partiyasidan Yaponiya parlamentining yuqori palatasi aʼzosi[2]. Boʻyi 146 sm boʻlib, 48 kggacha boʻlgan vazn toifasida dzyudo musobaqalarida qatnashgan[3].

Ryokoning laqabi „Yawara-chan“ boʻlib, bu nom Yaponiyada mashhur yapon dzyudo komikslarining qahramoni (Yawara!) nomidan oligan[4]. Ryoko Yaponiyada juda mashhur shaxs boʻlib, xususan, uning nomi kompyuter jang oʻyinlari World Heroes 2 (Ryoko Izumo) va Fighter’s History (Ryoko Kano) qahramonlariga berilgan.

2003-yilda Ryoko yaponiyalik beysbolchi, 1996-yilgi Olimpiada vitse-chempioni Yoshitomo Tani (1973-yilda tugʻilgan) bilan turmush qurib, uning familiyasiga oʻtgan. Bir yil oʻtgach, Afina Olimpiadasida Ryoko ikkinchi Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan, eri esa Yaponiya terma jamoasi tarkibida bronza medalini qoʻlga kiritgan[5]. Ryokoning ikki farzandi bor.

Ryoko 1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Olimpiada finalida shimoliy koreyalik yosh dzyudochi Kye Sun-huiga yutqazgan[6], bu Ryokoning ketma-ket 84 ta bahsdan iborat gʻalabali seriyasini toʻxtatdi, Ryoko 12 yil davomida eng yirik turnirlarda (Olimpiada va jahon chempionatlarida) magʻlubiyat nimaligini bilmagan.

Faqat 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Olimpiadada Reko yarim finalda ruminiyalik Alina Dumitraga yutqazgan[7]. Bronza uchun kurashda Ryoko rossiyalik Lyudmila Bogdanovani magʻlub etib, Olimpiada dzyudosi tarixida hech kimga nasib etmagan beshinchi Olimpiada medalini qoʻlga kiritgan. Pekindagi Olimpiada turnirini tugatgandan soʻng, Ryoko 2012-yilda Londonda boʻlib oʻtadigan Olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan[8]. Ammo tez orada Ryoko oʻz faoliyatini yakunlab, Londonga borishga daʼvogarlik qilmadi.

Ryokoning yutuqlari orasida nafaqat tarixda eng koʻp ayollar oʻrtasida jahon chempionatida (7 marta) gʻalaba qozonganligini, balki uzoq vaqt davomida eng yosh jahon chempioni boʻlganini ham taʼkidlash mumkin (ham erkaklar, ham ayollar oʻrtasida). 1993-yilda Kanadaning Hamilton shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 18 yosh va 1 oylik boʻlgan. Bu rekordni 2018-yil 20-sentyabrda Bokuda jahon chempioni boʻlgan, oʻshanda yoshi 17 yoshu 11 oylik boʻlgan ukrainalik Darya Beloded yangilagan.

  1. „ja:プロフィール“ (ja). taniryoko.jp. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  2. Martin, Alex. „DPJ to field judo star Tani as candidate“ (2010-yil 10-may). Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
  3. Small judoka, big determination — olympic.org (ingl.)
  4. Kriegeraug, Daniel. „Japanese Women Kick and Punch Out a Space for Themselves in Sports“ (2011-yil 21-avgust). Qaraldi: 2015-yil 23-noyabr.
  5. „Sidney 2000 – Judo – Ryoko Tamura (JPN)“. Olympic.org. Qaraldi: 2015-yil 23-noyabr.
  6. Law, Mark. „Judo: Tiny Tamura goes on hitting dizzy heights“ (2003-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
  7. „Dumitru, Choi delight on way to gold“ (2008-yil 10-avgust).
  8. Tani veut concourir à Londres[sayt ishlamaydi] — sport.fr (frans.)