Sławomir Peszko
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sławomir Konrad Peszko[1] | ||
Tavallud sanasi | 19-fevral 1985-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Jasło, Polsha | ||
Boʻyi | 1.73 m[2] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Wieczysta Kraków | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nafta Jedlicze | |||
Orlen Płock | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2008 | Wisła Płock | 112 | (21) |
2008—2011 | Lech Poznań | 68 | (11) |
2011—2013 | 1. FC Köln | 43 | (2) |
2012—2013 | → Wolverhampton Wanderers (ijara) | 13 | (0) |
2013—2014 | Parma | 0 | (0) |
2013—2014 | → 1. FC Köln (ijara) | 24 | (3) |
2014—2015 | 1. FC Köln | 18 | (0) |
2015—2020 | Lechia Gdańsk | 100 | (12) |
2019 | → Wisła Kraków (ijara) | 14 | (3) |
2020— | Wieczysta Kraków | 59 | (71) |
Milliy terma jamoa | |||
2008—2018 | Polsha | 44 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sławomir Konrad Peszko (talaffuzi: Slavomir Peshko; 1985-yil 19-fevralda tugʻilgan) — polshalik futbolchi, Wieczysta Kraków klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Peszko oʻz vatani Polshada Wisla Płock, Lech Poznań va Lechia Gdańsk klublari bilan chempionlik va kubok musobaqalarida gʻolib chiqqan. 2011—2015-yillar oraligʻida Peszko xorijda oʻynagan. 2011-yilda 1. FK Kölnga oʻtgan va Angliyaning „Wolverhampton Wanderers“ va Italiyaning „Parma“ bilan qisqa muddat oʻynagan.
Peszko 2008—2018-yillarda 10 yil davomida Polsha milliy terma jamoasi futbolchisi bo‘lgan hamda 2016-yilgi Yevro va 2018-yilgi jahon chempionatida Polshani himoya qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peszko oʻz faoliyatini Nafta Jedlicze yoshlar safida boshlagan. Keyin Wisła Płockga oʻtgan. 2002-yilning 28-avgustida Polsha kubogi doirasidagi „Jagiellonka Nieszawa“ga qarshi oʻyinda professional debyutini oʻtkazdi. 2002—2003-yilgi mavsumda ligadagi debyutini oʻtkazdi.
Wisła Płock bilan 2006-yilda Polsha kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Oʻsha mavsumda UEFA kubogi musobaqasining saralash bosqichida qatnashdi.
2008-yil iyun oyida Płock bilan shartnomasi tugaganidan keyin Lech Poznań bilan shartnoma imzoladi. Ikkinchi mavsumida Peszko ligada 14 ta golli uzatmasi bilan yetakchi assistent boʻldi.
Peshko 2011-yilning yanvarida Bundesligaga oʻtdi va dastlab mavsum oxirigacha 1. FK Köln bilan oʻynadi[3]. Uning shartnomasi mavsum davomida uzaytirildi, ammo klub quyi ligaga tushib ketdi. Mavsum tugashiga oz vaqt qolganda Peszko mashinada mast holda harakat qilgani uchun hibsga olindi, bu esa unga 25 000 yevro miqdorida jarima solinishiga sabab boʻldi.
2012-yil 9-avgustda Peszko Angliyaning Wolverhampton Wanderers jamoasiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[4]. Oʻsha mavsum „boʻrilar“ning birinchi ligaga tushib ketishi va Peszkoning Colognega qaytishi bilan yakunlandi.
2013-yil 31-iyulda 1. Köln klubi Peszkoni Italiyaning „Parma“ klubiga sotdi. 2013—2014-yilgi mavsumda ijarada oʻynadi[5].
2015-yilda Lechia Gdańsk jamoasiga kelib qo‘shildi va 2018—2019-yilgi Kubok va 2019-yilgi Superkubokni qo‘lga kiritdi. 2019—2018-yilgi mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi[6].
2020-yil 15-iyun kuni Wieczysta Krakówning havaskorlar klubiga qo‘shildi[7].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Peszko 2008-yilning 19-noyabrida Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:2) Polsha terma jamoasi safida debyut qildi. Polsha terma jamoasidagi ilk golini 2010-yilning 17-yanvarida Daniyaga qarshi oʻyinda urdi, jamoa 1:3 hisobida yutqazib qoʻydi.
2018-yilning may oyida Polshaning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[8]
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-iyun, 2018-yil holatiga koʻra[9]
Klub | Mavsum | Liga | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Wisła Płock | 2002—2003[10] | Ekstraklasa | 4 | 0 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | |
2003—2004[11] | 20 | 1 | - | - | 20 | 1 | ||||
2004—2005[12] | 20 | 2 | 6 | 0 | - | 26 | 2 | |||
2005—2006[13] | 21 | 1 | 9 | 2 | 2 | 0 | 32 | 3 | ||
2006—2007[14] | 21 | 2 | 9 | 4 | - | 30 | 6 | |||
2007—2008[15] | I liga | 26 | 16 | 1 | 0 | - | 27 | 16 | ||
Jami | 112 | 22 | 29 | 6 | 2 | 0 | 143 | 28 | ||
Lech Poznań | 2008—2009[16] | Ekstraklasa | 25 | 0 | 7 | 2 | 10 | 3 | 42 | 5 |
2009—2010[17] | 28 | 8 | 2 | 0 | 2 | 2 | 32 | 10 | ||
2010—2011[18] | 15 | 3 | 2 | 1 | 10 | 2 | 27 | 6 | ||
Jami | 68 | 11 | 11 | 3 | 22 | 7 | 101 | 21 | ||
1. FC Köln | 2010—2011 | Bundesliga | 11 | 0 | 0 | 0 | - | 11 | 0 | |
2011—2012 | 32 | 2 | 2 | 0 | - | 34 | 2 | |||
2013—2014 | 2. Bundesliga | 24 | 3 | 2 | 0 | - | 26 | 3 | ||
2014—2015 | Bundesliga | 18 | 0 | 1 | 0 | - | 19 | 0 | ||
Jami | 85 | 5 | 5 | 0 | - | 90 | 5 | |||
Wolverhampton Wanderers (ijara) | 2012—2013 | Chempionship | 13 | 0 | 3 | 0 | - | 16 | 0 | |
Lechia Gdańsk | 2015—2016[19] | Ekstraklasa | 27 | 2 | 1 | 0 | - | 28 | 2 | |
2016—2017[20] | 29 | 3 | 0 | 0 | - | 29 | 3 | |||
2017—2018[21] | 25 | 4 | 1 | 0 | - | 26 | 4 | |||
Jami | 81 | 9 | 2 | 0 | - | 83 | 9 | |||
Jami faoliyati | 359 | 47 | 50 | 9 | 24 | 7 | 433 | 63 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 28-iyun, 2018-yil holatiga koʻra [22]
Polsha | ||
Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|
2008-yil | 1 | 0 |
2009-yil | 6 | 0 |
2010-yil | 9 | 1 |
2011-yil | 8 | 0 |
2012-yil | 1 | 0 |
2013-yil | 2 | 0 |
2014-yil | 2 | 0 |
2015-yil | 6 | 1 |
2016-yil | 7 | 0 |
2017-yil | 1 | 0 |
2018-yil | 1 | 0 |
Jami | 44 | 2 |
Xalqaro Gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hisob va natija birinchi boʻlib Polshaning gollar sonini koʻrsatadi.
T/r | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Umumiy natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 17.01.2010 | 80th Birthday Stadium, Nakhon Ratchasima, Tailand | Daniya | 1—1
|
1–3
|
Qirol kubogi 2010 |
2. | 29.03.2015 | Aviva Stadium, Dublin, Irlandiya | Irlandiya | 1—0
|
1—1
|
UEFA Yevro-2016 saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wisla Płok
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Polsha kubogi: 2005—2006, ikkinchi oʻrin 2002—2003
- Polsha Superkubogi: 2006-yil
Lech Poznań
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ekstraklasa: 2009—2010
- Polsha kubogi: 2008—2009
- Polsha Superkubogi: 2009-yil
Lechia Gdańsk
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Polsha Superkubogi: 2019
- Polsha kubogi: 2019
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Professional retain lists & free transfers 2012/13“. The Football Liga (2013-yil may). 2013-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
- ↑ 2,0 2,1 „FIFA World Cup Russia 2018: List of players: Polsha“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Euro 2016 - 24 things you didn't know about the teams“. BBC Sport. Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
- ↑ „Wolves sign Cologne's Polsha winger Slawomir Peszko on loan“. BBC Sport (2012-yil 9-avgust). Qaraldi: 2012-yil 15-dekabr.
- ↑ „Peszko wechselt auf Leihbasis nach Köln“ (German). DFL (2013-yil 31-iyul). 2013-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
- ↑ „Sławomir Peszko rozwiązał kontrakt z Lechią“. 90minut.pl.
- ↑ „Sławomir Peszko w Wieczystej“. 90minut.pl.
- ↑ „Revealed: Every World Cup 2018 squad - Final 23-man lists“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
- ↑ „Peszko, Slawomir“ (German). kicker.de. Qaraldi: 2013-yil 13-oktyabr.
- ↑ „Sezon 2002/03“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2003/04“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2004/05“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2005/06“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2006/07“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2007/08“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2008/09“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2009/10“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2010/11“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2015/16“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2016/17“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sezon 2017/18“. 90minut. Qaraldi: 2017-yil 25-dekabr.
- ↑ „Sławomir Peszko“. Yevropaan Football (2018-yil 14-iyul).