Kontent qismiga oʻtish

SARS-CoV-2 beta shtammi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Beta shtamm[1][2], shuningdek B.1.351 liniyasi nomi bilan yuritiladi[1]. COVID-19ni keltirib chiqaradi. Mamlakat sogʻliqni saqlash boshqarmasi 2020-yil 18-dekabrda ushbu shtamm birinchi boʻlib oktabr oyida Janubiy Afrikaning Sharqiy Keyp viloyatidagi Nelson Mandela tumanida aniqlanganini ma'lum qildi[3][4][5]. Filogeografik tahlillar shuni koʻrsatadiki, bu shtamm Nelson Mandela ko'rfazida 2020-yil iyul yoki avgust oylarida paydo boʻlgan[6].

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ushbu shtammni ilmiy nomni almashtirish uchun emas, balki jamoatchilik uchun keng qoʻllaniladigan nom sifatida Beta shtamm deb etiketladi[7][8]. JSST buni xavotir uygʻotishga sabab boʻladi deb hisoblaydi[7].

Tadqiqotchilar va rasmiylarning ta’kidlashicha, ushbu kasallikning tarqalishi hech qanday asosiy tibbiy sharoitga ega boʻlmagan yoshlar orasida yuqori boʻlgan. Boshqa shtammlarga nisbatan bu holatlarda ogʻir kasallikka chalinish ehtimoli koʻproq. Shuningdek, Janubiy Afrika Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu virus virusning boshqa shtammlariga qaraganda tezroq tarqalishi sababli mamlakatda COVID-19 pandemiyasining ikkinchi toʻlqini uchun harakatlantiruvchi kuch boʻlishi mumkinligini ta’kidladi.

Gap virus boshoq glikoproteininig retseptor-bogʻlovchi domenida (RBD) boruvchi uchta mutatsiya haqida ketyapti: N501Y[11] (501 pozitsiyasida asparagin aminokislotasi (N) oʻrniga tirozin aminokislotasi (Y)[9]) K417N va E484K[10][11]. Bu mutatsiyalardan ikkitasi (E484K va N501Y) retseptor-bogʻlovchi domenning (RBD) retseptor-bogʻlovchi motivida (RBM) joylashgan[12].

olti mamlakat mutaxassisslari ishtirokida ushbu shtamm ustida tadqiqot olib borilgan. Unda 2020-yil 5-mart va 10-dekabr kunlari orasida Janubiy Afrikada toʻplangan 2882 ta SARS-CoV-2 genomini tahlil qilingan. Shtammning boshoqli oqsilida sakkizta mutasiya aniqlangan. Biroq ular hali toʻliq oʻrganilmagan. Olimlarning aytishicha, izlanish davomida 501Y.V2’ning boshqa shtammlardan farqi inson organizmiga osonroq kirib borishi hamda immunitet tizimidan qocha olishida namoyon boʻlgan[13].

Bu shtammning xususiyati ham shundaki, mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda oʻpkaning katta sohalarini jarohatlaydi. Shu bois kasallik boshqa shtammlarga nisbatan ogʻirroq kechadi[14]

Oksford immunologi Ser Jon Bellning ta’kidlashicha, Janubiy Afrikadagi yangi shtamm vaktsinalarga chidamli boʻlishi mumkinligi sababli „katta savol“ tugʻdiradi va shu bilan umidlarni yoʻq qiladi va ularni qoʻrquv bilan almashtiradi[15].

KwaZulu-Natal Universiteti Innovatsiya va ketma-ketligini o'rganish platformasi (KRISP) boshchiligidagi bir guruh genomistlar yangi variantni aniqladi[16]. Ushbu genom butun ketma-ketlik bilan topildi. Ushbu liniyadan bir nechta genomik ketma-ketliklar GISAID maʼlumotlar bazasiga yuborildi[17].

23-dekabr kuni Buyuk Britaniyaning Sogʻliqni saqlash vaziri Matt Hancock Janubiy Afrikadan Buyuk Britaniyaga sayohat qilgan ikki kishi Beta shtamm (501.V2) bilan kasallanganligini eʼlon qildi[18]. 28-dekabrda bu shtamm Shveytsariyada ikki kishida[19] va Finlandiyada bir kishida aniqlangan[20]. 29-dekabrda Janubiy Afrikadan Yaponiyaga borgan mehmonda[21] va Avstraliyaning Kvinslend shahrida boʻlgan chet el sayohatchisida ham kuzatilgan[22]. 30-dekabrda Zambiyada[23], 31-dekabrda Fransiyada Janubiy Afrikadan qaytayotgan yoʻlovchida aniqlandi[24]. 2021-yil 2-yanvarda ushbu shtammning birinchi holati Janubiy Koreyada aniqlandi[25]. Avstriya 4-yanvar kuni ushbu shtammning birinchi holati va Alfa shtammining toʻrtta holati haqida xabar berdi[26].

  1. 1,0 1,1 „GISAID - hCov19 Variants“. www.gisaid.org. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  2. „Tracking SARS-CoV-2 variants“ (en). www.who.int. Qaraldi: 1-iyun 2021-yil.
  3. „SA reaches grim milestone of 1 million Covid-19 cases“ (en). www.iol.co.za. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  4. „Covid: South Africa passes one million infections as cases surge“ (en-GB). BBC News (2020-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  5. „South Africa announces a new coronavirus variant“. The New York Times (18-dekabr 2020-yil). — „N501Y...has been found in other countries, including the United Kingdom“. Qaraldi: 20-dekabr 2020-yil.
  6. Houriiyah Tegally.. „Emergence and rapid spread of a new severe acute respiratory syndrome-related coronavirus 2 (SARS-CoV-2) lineage with multiple spike mutations in South Africa“. medrxiv (22-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 10-mart 2021-yil. „Spatiotemporal phylogeographic analysis suggests that the 501Y.V2 lineage emerged in early August (early July – end August 2020, 95% highest posterior density) in Nelson Mandela Bay.“.
  7. 7,0 7,1 „Tracking SARS-CoV-2 variants“ (en). www.who.int. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  8. TIMESOFINDIA.COM. „Explained: Why WHO named Covid-19 variants first found in India as 'Kappa' and 'Delta'“. The Times of India (2021-yil 2-iyun). Qaraldi: 2021-yil 2-iyun.
  9. „Nomenclature and Symbolism for Amino Acids and Peptides“. https://web.archive.org/. 2008-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9 октября 2008.
  10. „Statement of the WHO Working Group on COVID-19 Animal Models (WHO-COM) about the UK and South African SARS-CoV-2 new variants (PDF), World Health Organization“.
  11. Derek Lowe 22 December, 2020. „The New Mutations“ (en-US). In the Pipeline (2020-yil 22-dekabr). 2021-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-yanvar.
  12. „expert reaction to South African variant of SARS-CoV-2, as mentioned by Matt Hancock at the Downing Street press briefing | Science Media Centre“ (en-GB). Qaraldi: 2021-yil 5-yanvar.
  13. „Олимлар «Жанубий Африка» штаммининг ўзига хос хусусияти ҳақида қўшимча маълумот берди“. Bugun.uz. 2021-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 9 март.
  14. „«Бу штамм қисқа муддатда ўпканинг катта қисмини жароҳатлайди». ССВ ходими коронавируснинг «африканча» штамми ҳақида“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 26 апрель.
  15. Knapton, Sarah. „South African variant may evade vaccines and testing, warn scientists“. The Telegraph. Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
  16. „South African scientists who discovered new Covid-19 variant share what they know“. www.theconversation.com. Qaraldi: 2021-yil 1-mart.
  17. Not stated. „COVID-19 GISAID Acknowledgement Threat Assessment UK variant“. ecdc.europa.eu. GISAID (20-dekabr 2020-yil). — „EPI_ISL_678594, EPI_ISL_678596, EPI_ISL_678597. Netcare. KRISP, KZN Research Innovation and Sequencing Platform. Giandhari J, Pillay S, Lessells R, Chimukangara B, Mdlalose K, York D, Khan S, Tegally H, Wilkinson E, de Oliveira T.“. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  18. Sample, Ian; Grover, Natalie. „South African Covid-19 variant has reached the UK, says Matt Hancock“. The Guardian (23-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  19. „South African Covid variant discovered in Switzerland“. BusinessInsider. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  20. „Update: New UK, South African variant Covid strains detected in Finland“. Yle News. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  21. „South African coronavirus variant found in Japan“ (en-US). News24. Qaraldi: 2020-yil 29-dekabr.
  22. „First case of 'more contagious' coronavirus strain detected in Australia“. 9 News (29-dekabr 2020-yil).
  23. „Second COVID-19 wave confirmed in Zambia“. Xinhua News Agency (30-dekabr 2020-yil).
  24. „France detects first case of South African strain of Covid-19“. France24 (31-dekabr 2020-yil).
  25. „남아공 '변이 코로나' 첫 국내 확인…영국발 변이도 4건 추가“ (ko). Donga Ilbo (2-yanvar 2021-yil).
  26. „British, South African corornavirus mutations detected in Austria“. Reuters (4-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 6-yanvar.