Kontent qismiga oʻtish

S Oltin baliq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

S Oltin baliq (lotincha: S Doradus) — galaktikamizning sunʼiy yoʻldoshi boʻlgan Katta Magellan bulutidagi yorqin yulduz[1]. Bu ilm-fanga maʼlum boʻlgan gipergigant, eng yorqin yulduzlardan bir boʻlsada, bizdan juda uzoqda joylashganligi uchun qurollanmagan koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi. Bizdan yulduzgacha boʻlgan masofa 169 000 yorugʻlik yilini tashkil etadi. Shuningdek, u KMB markaziy yoʻlagining shimoliy qismida joylashgan NGC 1910 tarqoq yulduzlar toʻplamiga tegishli.

S Oltin baliq Quyoshdan massasi boʻyicha 45 marta, yorqinligi boʻyicha — 910 000-1 400 000 marta kattaroqdir. Bunday yulduzlar yadro yoqilgʻisini shunchalik tez isteʼmol qiladilarki, ularning umri bir necha million yildan oshmaydi. Bunday yorqinlik tufayli S Oltin baliq yuzasida yorugʻlik bosimi juda katta qiymatga yetadi, bu esa quyosh shamoli koʻrinishida yulduz moddalarining ulkan emissiyasini keltirib chiqaradi.

Bu yulduz S Oltin baligʻi (S Dor) turiga kiritilgan oʻzgaruvchan yulduzlarning prototipi hisoblanadi.

  • Massivligi yuqori yulduzlar roʻyxati
  • Eng kuchli yulduzlar roʻyxati
  1. Lamers, H. J. G. L. M. Observations and Interpretation of Luminous Blue Variables(ingl.) // IAU Colloq. 155: Astrophysical Applications of Stellar Pulsation. — 1995. — Vol. 83. — ISSN 1050-3390.