Saša Ognenovski
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sasa Ognenovski[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-aprel 1979-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Melburn, Australia | ||
Boʻyi | 1.95 m (6 ft 5 in)[1] | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Preston Lions (futbol direktor) | ||
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 9-dekabr uchun) |
Sasha Ognenovskiy (inglizcha: Saša Ognenovski maked.: Саша Огненовски) 1979-yil 3-aprelda tavallud topgan. Sasha avstraliyalik futbolchi boʻlib, maydonda himoyachi vazifasini bajargan[2]. 2010-yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sovrini sohibiga aylangan. 2011-yilgi Osiyo kubogi kumush medali sovrindori boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1997-yilda „Preston Lions“da oʻynay boshlagan. 2000-yilda u „Melburn Nayts“ga oʻtgan va u yerda ikki yil toʻp surgan. Koʻp oʻtmay u Gretsiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda „Panachaiki“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi, lekin asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlmadi. 2003-yilda u „Preston Lions“ga qaytgan futbolchi u yerda faqat bir mavsum oʻynadi.
Keyingi besh yil ichida Ognenovskiy uchta klubni sinab koʻrdi: „Fokner Uitlsi“, „Brisben Roar“ va „Adelaida United“. „Brisben“ jamoasi tarkibida Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan. Uchrashuvlarning birida u bir nechta golli vaziyatlarni golga aylantira olmagan.
2008-yilda u „Adelaida United“ jamoasiga oʻtdi. 2008-yil 22-noyabrda u jamoadagi ilk o‘yinini va A-ligadagi 50-uchrashuvini o‘tkazdi. Shuningdek, u oʻsha oʻyinda „Adelaida“ jamoasi uchun „Sidney“ FC darvozasiga birinchi golini urdi va jamoaga 2:0 hisobida gʻalaba keltirdi[3]. Bir hafta oʻtgach, uning boshi bilan zarbasi „Newcastle United Jets“ bilan durang oʻynashga yordam berdi[4]. Oʻsha yili u Makedoniyaning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida Goran Pandevdan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallagan[5].
2012-yil 7-iyulda Qatarning „Umm Salal“ klubiga oʻtgan[6]. U 2012-yilning 20-oktabr kuni Qatar chempionatining „Al-Haritiyat“ klubiga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qilgan[7].
2015-yil 3-iyunda u bilan shartnoma uzaytirilmagani uchun klubni tark etgan[8].
Terma jamoa safida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ognenovskiy Makedoniya yoki Avstraliya terma jamoasida oʻynashi mumkin edi. U Osiyo Kubogi saralash bosqichida Avstraliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kirishga urindi, biroq muvaffaqiyat qozona olmadi. 2009-yilda Srecko Katanes Ognenovskiyni Makedoniya terma jamoasiga 11-fevral kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Moldovaga qarshi oʻyinga chaqirdi, ammo futbolchi bormagan. Xolger Osijek 2010-yilning noyabrida Misrga qarshi oʻyinda Sashaga ishtirok etishni taklif qilgan.
Xalqaro oʻyinlardagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Avstraliya terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
2010 | 1 | 0 |
2011 | 9 | 1 |
Total | 10 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA Club World Cup Japan 2008 Presented By TOYOTA — List Of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2008-yil 5-dekabr). 2008-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Inogda vstrechaetsya napisanie Ognenovski.
- ↑ Sasa Ognenovski hopes Sydney FC move will help his chances of Socceroos recall for World Cup (ingl.)
- ↑ Sydney vs. Perth Glory 2 — 1 (ingl.)
- ↑ Newcastle Jets vs. Sydney 0 — 2 (ingl.)
- ↑ Umm Salal seal Ognenovski deal (Wayback Machine saytida 2014-10-06 sanasida arxivlangan)(ingl.)
- ↑ Al Kharitiyath vs. Umm Salal 1 — 1
- ↑ All change at Sydney FC as Graham Arnold dumps key players and lose Bernie Ibini (ingl.)