Kontent qismiga oʻtish

Saʼdixon Tabibullayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Saʼdixon Tabibullayev (1906.05.6, Buxoro — 1992.11.9, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (1949). Buxoro pedagogika bilim yurti (1922—24), Moskvadagi Oʻzbek drama studiyasi (1924—27)da oʻqigan. 1927—92 yillar Hamza teatrining aktyori. Asosiy rollari: Tabib (V. Yan, "Hujum"), Yosuman (A.Navoiy, "Farhod va Shirin"), Xlestakov (N. Gogol, "Revizor"), Hasan ellikboshi (Hamza, "Boy ila xizmatchi"), Yaxshivoy (Komil Yashin, "Nomus va muhabbat"), Mansur (Uygʻun, I. Sulton, "Alisher Navoiy"), Mirzakarimboy (Oybek, "Qutlugʻ qon"), Suxsurov (A.Qahhor, "Tobutdan tovush"), Masxara (U. Shekspir, "Qirol Lir"), Musulmonqul (I. Sulton, "Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari"), Islom ota (H. Muhammad, "Xotinlar "gap"idan chiqqan hangoma") va boshqa Masxara obrazida qahramonining boʻrttirilgan satirik xususiyatlarini chuqur fojiaviylik bilan uygʻunlashtiradi. Obraz tabiati, koʻrinishi, xattiharakatlari, nutqining ravonligi, serjilo ovozi, grimlarini libosga uzviyligini taʼminlash T. ijodiga xosdir. Uning ijrosidagi kattakichik, hatto uvoq obrazlar ham spektakdda muxim ahamiyat kasb etgan. Ruhi baland va mehnatkash, hayotda xoʻrlangan, jamiyatda kamsitilgan kimsalar qiyofasini gavdalantirish bilan birga kalondimogʻ va buqalamunlik, riyokorlar ichki va tashqi olamini ochishda noyob usullar tanlay bilgan. U bir qancha filmlarda ham suratga tushgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).[1]

  1. Tursunov, Toshpoʻlat. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil