Kontent qismiga oʻtish

Saʼva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saʼva (Carduelis carduelis) — chumchuqsimonlar turkumi vyuroklar oilasiga mansub sayroqi qush. Tanasining uz. 13—16 sm, vazni 20 g ga yaqin. Peshonasi va tomogʻi qizil, qanoti sariq yoʻlli qora. Orqasi jigarrang, boshining tepa qismi oq, ensasi atrofi qora. Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Urmon, toʻqay va bogʻlarda yashaydi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida uchraydi. Uyasini daraxt shoxlariga ildiz tolalari, ot qili va oʻsimlik tolalari, jun va patlardan quradi. 4—6 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini modasi 12— 13 kun bosadi. Bolalari 13-15 kundan keyin uyasidan uchib chiqadi. Ularni ota -onalari 6-8 kun boqadi. Sava 1yilda 2 marta kopayadi. Yoz oxirlarida qayin va olxa uruglarini izlab oziqlanish maqsadida bargli ormonlarga uchib keladi . Bu qush baland daraxtlarga in qurishni yoqtiradi.