Sa’id ibn Mutohhar Boxarziy
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saʼid ibn Mutohhar Boxarziy — toʻliq ismi Sayfuddin Abulmaʼoliy Saʼid ibn Mutohhar ibn Saʼid ibn Ali Qoidiy Boxarziydir. Saʼid ibn Mutohhar Boxarziy 586/1190 yili shaʼbon oyining toʻqqizinchi kuni Boxarzda tavallud topgan, Buxoroda istiqomat qilgan.
Ustozlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shayx Najmiddin Kubro, Muayyid Tusiy, Ali ibn Muhammad Mavsiliy, Abu Futuh Husriy, Ismoil ibn Saʼdulloh ibn Hamdiy, Mushrif Xolisiydan, Ibrohim ibn Solor Xorazmiy.
Shogirdlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Najmiddin Muqriy, Saʼduddin Sarjanbon, Ruhiddin Xorazmiy, Shamsiddin Kabir, Muhammad Kalona, Axiy Sodiq, Nofeʼiddin Badeʼ.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saʼid ibn Mutohhar Boxarziy arab va fors tillarida „Sharhul asmail husno“ („Allohning goʻzal ismlari sharhi“), „Risola dar ishq“ („Ishq haqida risola“), „Voqeai hilvat“ („Xilvatdagi voqea“), „Ruboiyot“, „Roʻznoma“, „Vasiyatnoma“ va boshqa asarlar hamda toʻrtliklar yozgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1261 yili vafot etgan. Fathobod mavzei (Qarshi darvozasi roʻparasi)da dafn etilgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 107.