Sabriye Bekirova
Sabriye Bekirova Sabriye Iskanderovna Bekirova | |
---|---|
Tavalludi |
1965-yil 7-may Andijon, Oʻzbekiston |
Kasbi | dirijyor |
Faoliyat yillari | 1996-hoz. |
Fuqaroligi |
SSSR Rossiya |
Sabriye Iskanderovna Bekirova (1965-yil 7-may; Andijon, Oʻzbekiston) – rossiyalik dirijyor, Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2010).
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sabriya 1965-yil 7-may Andijonda, deportatsiya qilingan qrim tatarlari Iskander va Xatija Bekirovlar oilasida tugʻilgan. Ikki yoshida ota-onasi va opa-singillari bilan Novorossiyskga koʻchib oʻtadi. Novorossiysk musiqa kollejida oʻqituvchi Mixail Tokarev bilan birga oʻqiydi[1].
1990-yilda Sankt-Peterburg konservatoriyasini professor E. A. Komarovadan skripka, professorlar I. A. Musin va Yu. X. Temirkanovlardan opera va simfoniya dirijyorligi boʻyicha tahsil olgan. 1996—1998-yillarda Kareliya davlat filarmoniyasining mehmon dirijyori. 2000—2002-yillarda Sankt-Peterburg operasida dirijyorlik qilgan. 2004—2007-yillarda Sankt-Peterburg simfonik xalq va klassik musiqa orkestri dirijyori. 2005-yildan Sankt-Peterburg davlat madaniyat va sanʼat universitetida dirijyorlik fanidan dars beradi. 2008-yildan 2011-yilgacha —Shimoliy Osetiya-Alaniya Respublikasi, Vladikavkaz shahri, Milliy davlat opera va balet teatrining bosh dirijyori[2]. 2014-yildan Boshqirdiston Respublikasi Milliy simfonik orkestrining mehmon dirijyori. Ushbu teatr haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:
Orkestrda – ajoyib, sezgir, professional musiqachilar ishlaydi. Sizning orkestringiz katta imkoniyatlarga ega. Boshqirdiston Respublikasi uchun bu shunchaki xazina, tashrif qogʻozi. Oʻylaymanki, respublikadagi bunday jamoalar rahbariyat tomonidan kuchli qoʻllab-quvvatlanishi, „hammadan ustun boʻlishi“, jumladan, moliyalashtirish borasida ham oldinda boʻlishi lozim.[3]
2015-yildan beri u Tuluza Tasviriy sanʼat institutida orkestr dirijyorligi boʻyicha professor boʻlib ishlaydi, Tuluza Kapitoliy milliy simfonik orkestri va Belistokdagi Podlaski opera va filarmonik simfonik orkestri bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, 2016-yilda sobiq turmush oʻrtogʻi Tugan Soʻxiyev tomonidan tashkil etilgan Xalqaro orkestr dirijyorlik akademiyasining professori[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Гульнара Усеинова. „Музыка — чарующий звездопад, каскадами звуков обрушивающийся в сознание, завораживающий и пленительный“. ana-yurt.com. Голос Крыма (2009-yil 9-noyabr). 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-iyun.
- ↑ „Osradio.ru sayti“. Osradio.ru. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2023-yil.
- ↑ Аралбаева, Лейла „Дирижер Сабрие Бекирова считает Национальный симфонический оркестр Башкортостана достоянием республики“. classicalmusicnews.ru. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.
- ↑ „Toulouse : Tugan Sokhiev dirigera l'Académie internationale de direction d'orchestre“. Qaraldi: 24-iyun 2023-yil.