Sabugal
Sabugal (portugalcha: Sabugal) - bu Portugaliyaning Guarda okrugi tarkibiga kiruvchi shahar va munitsipalitet hisoblanadi. Ispaniya bilan chegaradosh bo'lgan bu munitsipalitetning aholisi 2011-yilda 12.544 kishini, maydoni esa 822.70 km² ni tashkil qiladi. Shahar markazi Côa daryosi bo'yida joylashgan bo'lib, uning aholisi taxminan 3000 kishini tashkil etadi. Sabugal shahrining o'zida ham, shahar tashqarisida butun munitsipalitet hududida bir nechta qal'alar mavjud. Bularga Sortelha, Alfaiates, Vilar Maior qal'alari kiradi. Shuningdek, bu yerda 2000-yilda qurilgan Sabugal toʻgʻoni va Koa daryosida joylashgan Devesa daryo plyaji ham mavjud. Dengiz sathidan taxminan 750 m (2460 fut) balandlikda joylashgan Sabugal Portugaliyaning eng baland shaharlaridan biri hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sabugal shuningdek o'zining Gothic uslubidagi qal'asi bilan mashhur. Beshburchak tashqi devori va Côa daryosiga qaragan beshta kvadrat minorali ichki devori mavjud. Qadimgi qal'adan tashqari, Sabugal 1811-yilda Arthur Wellesley (keyinchalik Wellington gersоgi) qo'mondonligi ostidagi Britaniya qo'shinlari va Marshal André Masséna qo'mondonligi ostidagi fransuz qo'shinlari o'rtasidagi jang - Pireney yarimoroli urushi voqealari sodir bo'lgan joy sifatida ham tanilgan. Bu jangda britaniyaliklar va ularning portugaliyalik ittifochilari g'alaba qozonishgan. Sabugalda yahudiylarning merosi kamida XVI asrdan beri mavjud. Sabugaldagi yahudiy jamoalarining mavjudligi xotirasi uchun bugungi kunda qal'a yonida yahudiy merosi ta'bir markazi joylashgan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sabugal iqtisodiyotida quyidagilar mavjud:
- Qishloq xoʻjaligi.
- Chorvachilik.
- Shirin suv akvakulturasi.
- Oʻrmonchilik.
- Konchilik.
- Qurilish materiallari sanoati (gips sanoati ham kiradi).
- Oziq-ovqat sanoati (sut mahsulotlari ishlab chiqarish, kashtan qayta ishlash, asal ishlab chiqarish va non ishlab chiqarish kabi).
Sabugal asrlar davomida pishloq ishlab chiqarish bilan shugʻullangan va hozirda ham zamonaviy sanoat va anʼanaviy qoʻlda ishlab chiqarish usullari bilan echki suti pishlog`idan sigir suti pishlog'igacha bir nechta turdagi pishloq ishlab chiqarish markazi hisoblanadi. Lactibar Sabugalning asosiy sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri bo'lib, uning Queijo Torre pishloq brendi Portugaliyaning bir qancha mahalliy bozorlarida eng ko'p sotiladigan pishloqlardan biridir. Shuningdek, Sabugalda turizm ham muhim ahamiyatga ega. Rim imperiyasi davriga oid bo'lsa-da, eng qadimgi yozma manbalalarda XVIII asrga oid ma'lumotlarga ega bo'lgan yaqin atrofdagi eski kurortlar tufayli, Sabugal XXI asrda zamonaviy kurort mehmonxona infratstrukturasiga (masalan, Cró Hotel & Thermal Spa) ega kurort markaziga aylandi.
Ta'limi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sabugal shahri bolalarning bogʻchasidan tortib 12-sinfgacha boʻlgan barcha turdagi maktablarga ega shahar hisoblanadi. Oliy taʼlim shahar markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan Guarda shahrida mavjud. Guarda tumandagi markaziy shahar hisoblanadi.
Sporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sabugal shuningdek, 1939-yil 25-martida tashkil etilgan Sporting Clube do Sabugal sport klubiga ega. Klubda futbol va futzal jamoalari, shuningdek, dzyudo boʻlimlari ham mavjud. Asosiy erkaklar futbol jamoasi Sabugal shahar kengashi egalik qiladigan Sabugal shahar stadionida (Estádio Municipal do Sabugal) oʻynaydi.
Maʼmuriy jihatdan, munitsipalitet (concelho) 30 ta fuqarolik cherkovi (freguesias)ga boʻlinadi:
- Águas Belas
- Aldeia da Ribeira, Vilar Maior e Badamalos
- Aldeia do Bispo (Vale dos Caidos)
- Aldeia Velha
- Alfaiates
- Baraçal
- Bendada
- Bismula
- Casteleiro
- Cerdeira
- Fóios
- Lageosa da Raia
- Forcalhos
- Malcata
- Nave
- Pousafoles do Bispo, Pena Lobo e Lomba
- Quadrazais
- Quintas de São Bartolomeu
- Rapoula do Côa
- Rebolosa
- Rendo
- Ruvina, Ruivós e Vale das Éguas
- Santo Estêvão e Moita
- Seixo do Côa e Vale Longo
- Sortelha
- Souto (town)
- Vale de Espinho
- Vila Boa
- Vila do Touro
Mashhur shaxslari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Manuel António Pina (1943-2012) portugallik jurnalist va yozuvchi
- Kim Prisu (Aldeia da Dona shahrida 1962-yilda tug'ilgan) portugallik rassom.
- Joaquim Sapinho (Xo'zbekiston, 1965) - portugallik kino rejissyor.