Sabza
Qiyofa
Sabza — Oq kishmish navli uzumdan tayyorlanadigan mayiz. Rangi sargʻimtiroch yashil tusda boʻlgani uchun shunday nom olgan. Sabza olish uchun uzum boshlari savatga solinib, qaynab turgan 0,3—0,4% li ishqor (kaustik soda) eritmasiga 3—5 sek. botirib olinadi va somonli loy bilan suvalgan xirmonda 10—12 kun davomida quritiladi. Sabzaning tillarang turini tayyorlashda ishqor eritmasiga botirib olingan uzum boshlari taxta patnislarga bir qator terilib, maxsus dudlash xonasi (shkafi)da oltingugurt dudi bilan ishlov beriladi, soʻngra 15—18 ta patnis ustmaust taxlanadi, quritish soya joyda (bostirma ostida) 14—24 kun davom etadi. Mayiz chikishi 28—32% ni tashkil etadi. Asosan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida tayyorlanadi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |