Sadaqayragʻoch
Qiyofa
Sadaqayragʻoch (Ulmus densa) — qayragʻochdoshlar oilasiga mansub manzarali daraxt. Boʻyi 10—20 m, shoxshabbasi sharsimon yoki ellipssimon. Bargi yirik, uz. 3—7 sm, eni 1,5—3 sm, tuxumsimon, cheti arra tishli, usti tuksiz yoki yumshoq tukli. Barg bandi qisqa — 6—7 mm, siyrak tukli, shoxchalari sertuk. Guli kalta novdalarda toʻptoʻp oʻrnashgan. Gulqoʻrgʻoni 4—5 boʻlakli, changchilari 4 ta. Mevasi qanotchali, 2 sm. Fevral— martda gullaydi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonning togʻlik hududlarida oʻsadi. Manzarali oʻsimlik, qadimdan ekiladi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |