Sadio Mane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sadio Mané
Sadio Mané
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sadio Mané
Tavallud sanasi 10-aprel 1992-yil (1992-04-10) (32 yosh)
Tavallud joyi Bambali, Sédhiou,SenegalSenegal bayrogʻi
Boʻyi 174 sm
Vazni 69 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Senegal bayrogʻi Bavariya
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009-2011 Senegal bayrogʻi Génération Foot
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2012
2012-2014
2014-2016
2016-
Fransiya bayrogʻi Metz
Avstriya bayrogʻi Red Bull Zalsburg
Angliya bayrogʻi Soutgemton
Angliya bayrogʻi Liverpul
Milliy terma jamoa
2012
2012-
Senegal bayrogʻi Ispaniya U-23
Senegal bayrogʻi Senegal milliy terma jamoasi
(4 (0)
89 (29))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sadio Mane (1992-yil 10-aprelda tugʻilgan) — senegallik professional futbolchi, Premyer Liga klubi boʻlgan Liverpul va Senegal terma jamoasida hujumkor qanot yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. Mane 2019-yilgi Oltin toʻp uchun kurashda toʻrtinchi oʻrinni egalladi va FIFAning eng yaxshi erkaklar oʻyinchisi mukofotida Mane 2019-yilda beshinchi va 2020-yilda toʻrtinchi oʻrinni egalladi.[1]

Mane professional faoliyatini 19 yoshida Fransiya Liga 2 ning Metz klubida boshlagan, biroq u bir mavsumdan soʻng 2012-yilda 4 mln yevro evaziga Avstriyaning Red Bull Zalsburg klubiga oʻtgan. 2013-14 yilgi mavsumda Red Bull Zalsburg bilan liga va kubokni yutgan. Oʻsha yoz oxirida Mane Angliyaning Sautgemton klubiga rekord darajadagi 11,8 mln funt sterling evaziga oʻtdi. Sautgemton klubida 2015-yilda Aston Villa ustidan 6:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 176 soniyada urilgan eng tezkor xet-trik boʻyicha Premyer liganing yangi rekordini oʻrnatdi

Mane 2016-yilda 34 mln funt sterling evaziga Premer liga ning boshqa jamoasi Liverpul bilan shartnoma imzolagan edi. U jamoaga 2018 va 2019-yillarda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishga yordam berdi va 2019-yilda gʻalaba qozondi. U shuningdek, 2018-19 yilgi mavsumni liganing eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunlanib, Premer liganing "Oltin butsasi"ni qoʻlga kiritgan. Keyin Mane 2019-20 Premyer ligada gʻalaba qozonish orqali Liverpul ning 30 yillik yomon natijalarini tugatishga yordam berdi. 2021-yil oktabr oyida u Premyer ligadagi 100-golini urdi va bu marraga erishgan uchinchi afrikalik boʻldi.

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mane Sediu shahrida tugʻilgan[2]. Bambali qishlogʻida oʻsgan. Uyda butun ulkan oila yashagan — 10 kishi, shuningdek amakisini bolalari bilan. Bolaligidan u barcha boʻsh vaqtini futbolga bagʻishlagan. Uning otasi, mahalliy masjidning imomi, oʻgʻlining futbolchi boʻlishini istamadi[3]. Boʻlajak yulduzning ota-onasi, Mane maktabni bitirishi kerak deb hisoblashgan. Biroq, Sadio koʻpincha futbol uchun darslarni tashlab ketardi.

Mane 15-yoshga toʻlganida, uning qarindoshlari taslim boʻlishdi va bolaning amakisiga uni Dakarga — mahalliy „Génération Foot“ futbol akademiyasiga koʻrishga olib borishga ruxsat berishdi[4]. Bu senegallik uchun omadli chipta edi. Sadioning oilasi kambagʻal edi, shuning uchun u Dakar akademiyasiga koʻrish uchun kelganida, u yirtilgan etik kiygan va yirtiq shim kiygan edi. Biroq, bu uning hech qanday muammosiz jamoada boʻlishiga toʻsqinlik qilmadi[2][5]. 2009-yilda uni Afrikada faol ishlagan frantsuz „FC Metz“ skautlari koʻrishdi. 17-yoshida „FC Metz“ yoshlar jamoasining asosiy bombardiri boʻlib, keyingi mavsumda birinchi jamoaga qoʻshildi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liverpul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sadio Mane

2016-yilning 28-iyunida Mane 34 funt sterling evaziga Liverpul ga besh yillik shartnoma asosida oʻtdi[6]. Transfer narxi uni oʻsha paytda tarixdagi eng qimmat afrikalik futbolchiga aylantirdi. 14-avgust kuni u „qizillar“ safida Premyer ligadagi debyutini oʻtkazdi va „ Arsenal“ ga qarshi safarda 4:3 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda toʻrtinchi golni kiritdi. Yelkasidagi yengil jarohat tufayli Liverpulning „Byornli“dagi magʻlubiyatini oʻtkazib yuborgan Mane Liga kubogida " Byorton Albion "ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga qaytdi va u 5:0 hisobidagi gʻalabada ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 2022-yilning 10-aprelida, yaʼni 30 yoshga toʻlgan kuni Mane Manchester Sitiga qarshi safarda 2:2 hisobidagi durang oʻyinda Liverpulning golini urdi.[7] Shundan soʻng Mane 16-aprel kuni Angliya kubogi yarim finalida Uembli stadionida Manchester Siti darvozasiga ikkita gol urib, 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Liverpulga 2012-yildan beri ilk bor Angliya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi va finalda gʻalaba qozondi.[8]

Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-iyun kuni rasmiy ravishda „Bavariya“ ga oʻtdi[9][10]. Transfer summasi 32 million yevroni tashkil etdi, shuningdek, oʻtkazilgan oʻyinlar uchun 6 million yevro bonus va klubda oʻyinchi tomonidan muayyan yutuqlarni amalga oshirish uchun 3 million yevro olish imkoniyati mavjud[11].

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mane 2012-yilgi Olimpiada turnirida Senegal terma jamoasining bir qismi boʻlgan, chorak finalda qoʻshimcha vaqtdan soʻng 4:2 hisobida yakuniy chempion Meksikaga yutqazgan. 2021-yil Afrika Millatlar Kubogida Mane Senegal terma jamoasi safida birinchi marta musobaqada gʻolib chiqdi. Misrga qarshi finalda u Liverpuldagi jamoadoshi Muhammad Salohga qarshi oʻynadi. Kubokni qoʻlga kiritish uchun hal qiluvchi zarbani amalga oshirish bilan bir qatorda, Mane finalgacha uchta gol urdi, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022-yilgi Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida u oʻz mamlakatini 2022-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanma olish uchun Misrga qarshi umumiy hisobda 1:1 hisobida durang oʻynagan oʻyinda penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi.[12]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mane Allertonda yashash paytida ikki marta talon-taroj qilingan: 2017-yil noyabrda va 2019-yil fevralda[13][14]. U amalda musulmon va vaqti-vaqti bilan har bir oʻyin boshlanishidan oldin duo qilayotganini koʻrishadi[15].

2019-yilda Mane oʻzining tugʻilgan Bambali qishlogʻiga maktab qurish uchun £250 000 ($319 103, €284 813) xayriya qildi[16]. 2021-yilda u bambalida kasalxona qurish uchun £500 000 ($638 206, €561 987) xayriya qildi[17].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Angliya Liverpul

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [[1]]https://digitalhub.fifa.com/m/4c53294d07ac5932/original/crd38hy7yorvmctr8rml-pdf.pdf
  2. 2,0 2,1 Aarons, Ed. „Sadio Mané: 'I wanted to build a hospital to give people hope'“ (en-GB). The Guardian (2020-yil 7-aprel). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  3. „VIDEO: Sadio Mané révèle que son père lui interdisait de jouer au foot“. 2018-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  4. „Sadio MANE de passage à l’Académie Génération Foot“. 2022-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  5. „Sénégal : Sadio Mané, l'ascension qui fait rêver“. 2022-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  6. [[2]]https://www.bbc.com/sport/football/36642523
  7. [[3]]https://www.bbc.com/sport/football/61120882
  8. [[4]]https://www.bbc.com/sport/av/football/61451807
  9. „Sadio Mané signs for FC Bayern“. 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  10. „«Бавария» объявила о переходе форварда Садио Мане из «Ливерпуля»“. 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  11. „Sadio Mane: Bayern Munich sign Senegal forward from Liverpool in £35m deal“. 2022-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  12. [[5]]https://www.bbc.com/sport/football/60881797
  13. „Burglars target homes of Liverpool's Mane and Lovren“ (en-GB). BBC News (2017-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  14. „Mane's house burgled during match“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  15. „Sadio Mane: The little man with a big heart who has fuelled Liverpool's title challenge“. 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  16. „Sadio Mané: "Why would I want 10 Ferraris? How would that help me or the world?"“. 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  17. „Sadio Mane donates $693,000 to fund hospital in his hometown in Senegal“. 2022-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  18. „Sadio Mané: Overview“. Premier League. Qaraldi: 9-avgust 2020-yil.
  19. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (14-may 2022-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.
  20. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (27-fevral 2022-yil). Qaraldi: 27-fevral 2022-yil.
  21. McNulty, Phil. „Tottenham Hotspur 0–2 Liverpool“. BBC Sport (1-iyun 2019-yil). Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
  22. Rose, Gary. „Liverpool 2–2 Chelsea“. BBC Sport (14-avgust 2019-yil). Qaraldi: 15-avgust 2019-yil.
  23. Poole, Harry. „Liverpool 1–0 Flamengo“. BBC Sport (21-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2019-yil.
  24. „Africa Cup Of Nations: Senegal Beat Egypt To Win Final (AFCON)“. Sports Illustrated (6-fevral 2022-yil). Qaraldi: 6-fevral 2022-yil.