Safar Ostonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Safar Ostonovich Ostonov (1948-yil 13-oktabr, Samarqand viloyati, OʻzSSR, SSSR – 2021-yil 8-iyun, Oʻzbekiston) – „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalari jurnalisti, bosh muharriri boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati[1].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yil 13-oktabrda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1972-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan[2]. 1971-yilda respublika yoshlar gazetasida musahhih sifatida ish boshlagan. 1990-1996-yillarda „Sport“ va „Oʻzbekiston futboli“ gazetalarida bosh muharrir boʻlib ishlagan.[3] Keyinchalik, 1996-2002-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti devonida maslahatchi boʻlib ishlagan[4]. 2002-yilda „Oʻzbekiston ovozi“ va „Golos Uzbekistana“ gazetalariga bosh muharrir etib tayinlangan. 2019-yilda OʻzXDPdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi boʻlgan[1][5]. Safar Ostonov 2021-yil 8-iyun kuni vafot etgan[6].


Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni bilan taqdirlangan[7].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „ОСТАНОВ (ОСТОНОВ) Сафар | TsentrAziya“. centrasia.org. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  2. „Скончался заслуженный журналист Сафар Остонов“ (ru). Газета.uz (2021-yil 9-iyun). 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  3. „Мозийга қайтиб... “Ўзбекистон футболи” газетаси“. 2023-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 16-may.
  4. Kun uz. „Скончался известный журналист, депутат Сафар Остонов“ (ru). Kun.uz. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  5. „В возрасте 73 лет скончался заслуженный журналист Узбекистана Сафар Остонов“ (ru). xabar.uz. 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  6. https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/09/ostonov/
  7. Sputnik Узбекистан. „Скончался заслуженный журналист Узбекистана Сафар Остонов“ (ru). Sputnik Узбекистан (10-iyun). 2021-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.