Kontent qismiga oʻtish

Safaviylar floti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Safaviylar floti – Erondagi Safaviylar davlatiga oid harbiy dengiz kuchi. Unga 1734-yil Shoh Abbos III davrida asos solingan. Abbosiylar davrida bosh vazir boʻlgan Nodirxon Afshor flot tashkil etilishining tashabbuskori edi. Flotda xizmat qiluvchi muntazam harbiy qoʻshinning bayrogʻida qizil „Zulfiqor qilichi“ tasviri aks etgan[1].

Safaviylar flotining bayrogʻi

1621-yilning 26-dekabrda Shoh Abbos I va Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi (Buyuk Britaniya) bilan harbiy ittifoqi natijasida Eron shahzodasi Imomgʻuluxon boshchilik qiladigan kichik dengiz floti uchun 3000 kishilik qizilbosh armiyasi (Undilazde) tuziladi. Imomgʻuluxon bu Undilazde yordamida Xurmuzga bostirib kiradi va 1622-yilda portni egallashga muvaffaq boʻladi[2]. Shundan soʻng Safaviylar davlati oldida muntazam dengiz kuchlarini tuzish ehtiyoj tugʻilgan. Biroq muntazam davom etib kelgan urushlar va Shoh Abbosning vafoti (1629) bu ehtiyojning amalga oshishini sezilarli darajada kechiktirib yuboradi.

Engelbert Kempferning yozishicha, Kaspiy dengizida 1669-yil iyul oyida Stepan Rozi kazaklari va Safaviy dengiz floti qoʻmondoni Muhammad Xon Astrabodli qoʻmondonligi ostida 7000 nafar qizilbosh, shu jumladan, yollanma Kabardin-Balkar askarlari floti oʻrtasida yirik dengiz jangi boʻlib oʻtadi. 1200 dan ortiq askarning halok boʻlishi va 30 ta kichik harbiy kemaning choʻktirilib yuborilishidan soʻng muntazam flot tashkil etish masalasi yana bir bor koʻtariladi. Shoh Sulaymon I qaroqchilarga qarshi kuchliroq dengiz floti tashkil etish toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilsa-da, 1669-yil yoz oxirida kazaklarning Astraxonga chekinishi va 1671-yilda Rossiya imperiyasi tomonidan ataman Stepan Rozining qatl etilishi bu ehtiyojni yana kechiktirib yuborgan.

1718-yilda Safaviylar davlatida flot tashkil etish borasidagi ilk gʻoya Sulton Husayn tomonidan ilgari suriladi. Biroq ichki nizolar va oʻn uch yillik Kavkaz urushi (1722—1735) bu urinishning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga imkon bermaydi.

Abbos III va Nodirshoh Afshor davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻzgʻolonchi Xoʻtakis, Rossiya imperiyasi va Usmoniylar ustidan qozonilgan uchta frontdagi gʻalaba va dengizda qaroqchilarga qarshi kurashish muntazam flot tuzishni kechiktirib boʻlmas masalaga aylantirib qoʻydi. 1734-yil Shoh Abbos III davrida bosh vazir Nodirxon Afshorning saʼy-harakatlari bilan milliy muntazam dengiz flotini barpo etish uchun harakat boshlandi. Muhammad Latifxon muntazam flotga rahbarlik qiluvchi ilk „Dengiz qoʻmondoni“ etib tayinlangan. 1730—1740-yillarda Britaniya, Gollandiya va boshqa mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan „Britannia“, „de Rithem“ va „Robert Galley“ kabi jami oʻn ikkita harbiy kema Safaviy flotining asos poydevorini tashkil etgan[3]. Nodirshoh bu bilan kifoyalanmasdan 1743-yilda ingliz savdogar Jon Eltonni Kaspiy dengizida kemalar qurish uchun bosh muhandis qilib tayinlaydi va unga Jamolbek nomini beradi. Jamol bek Lahijon va Langaruddagi harbiy kema qurish ishlarga mas’ul qilib tayinlanadi. Nodirshoh Shimoliy (Kaspiy) va Janubiy (Fors koʻrfazi) flotlarini muvofiqlashtirish hamda kemasozlik zavodlariga zarur jihozlarni tashish uchun maxsus transport tarmogʻini ham yaratadi. Nodirshohning eng katta orzularidan biri mamlakatning janubiy chegaralarini egallagan Fors koʻrfazi, Hind okeani va Kaspiy dengizida qudratli dengiz flotini yaratish edi. Arabiston yarim orolining sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida bir muddat hukmronlik qilgan janubiy dengiz flotiga ham alohida eʼtibor qaratadi. Nodirshoh vafotidan keyin (1747) dengiz flotiga eʼtibor berilmaydi. Buning natijasida dengizorti vassal hududlarning katta qismi qoʻldan boy beriladi.

Shoh Ismoil davri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoh Ismoil Safaviy III davrida Karimxon Zend Nodirshoh buyrugʻi bilan Ummonni egallash uchun yuborilgan „Rahmoniy“ kemasini Vakili-Readan soʻraydi, ammo Ummon amiri bunga rozi boʻlmaydi. Shu sababli ikki tomon oʻrtasidagi kelib chiqqan toʻqnashuv 1773-yilda natijasiz tugaydi[4].

  1. Axworthy, Michael (2018). Crisis, Collapse, Militarism and Civil War: The History and Historiography of 18th Century Iran. Oxford University
  2. M. Streck, "Bəndər Abbas", İ. A., İstanbul, 1993, c. 2, s. 516
  3. Mirfendereski, Guive (2001). A Diplomatic History of the Caspian Sea. Springer.
  4. Shapur Shahbazi, A. (31 January 2012) [15 December 1999]. "FLAGS i. Of Persia". In Yarshater, Ehsan (ed.). Encyclopædia Iranica. Fasc. 1. X (Online ed.). New York #City: Bibliotheca Persica Press. pp. 12–27.
  5. Good, Peter (2018). "The East India Company and the foundation of Persian Naval Power in the Gulf under Nader Shah, 1734–47". In Clulow, Adam; Mostert, Tristan (eds.). The Dutch and English East India Companies: Diplomacy, Trade and Violence in Early Modern Asia. Amsterdam University Press.
  6. Floor, Willem (1987). "The Iranian Navy in the Gulf during the Eighteenth Century". Iranian Studies. 20 (1): 31–53.
  7. Farrokh, Kaveh (2011). Iran at War: 1500–1988. Bloomsbury Publishing.
  8. Ward, Steven R. (2014). Immortal: A Military History of Iran and Its Armed Forces (Updated ed.). Georgetown University Press
  9. Шефов, Николай Александрович — книга "Битвы России", стр. 501
  1. Shapur Shahbazi 1999
  2. Rza Pazuki, 1317, s. 336
  3. Floor 1987
  4. Farrokh 2011