Kontent qismiga oʻtish

Safedkoʻh

Vikipediya, erkin ensiklopediya

SafedkoʻhAfgʻonistondagi togʻ tizmasi. Paropamiz togʻ sistemasining oʻq qismi. Eng baland joyi — 3642 m. Kenglik boʻylab 350 km ga choʻzilgan. Murgʻob va Herirud daryolari vodiylarini ajratib turadi. Asosan, ohaktoshlardan tuzilgan. Jarlar bilan oʻyilgan; yon bagʻirlarida chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi, archazor va pistazorlar bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil