Safoil
Qiyofa
Safoil, sapai — urma cholgʻu asbobi, ikkita tayoqchaga boʻsh qilib oʻrnatilgan temir halqalarga kichik halqachalar kiygizilgan shakildok. Ijrochi S.ni yelkasiga salgina urib olish va siltash yoʻli bilan muayyan usullarni ijro etadi. Asosan, uygʻur, kisman boshqa Oʻrta Osiyo xalqlarida tarqalgan. Oʻzbek xalqi orasida mashhur uygʻurcha raqs kuylarida keng qoʻllangan. Oʻtmishda S. darvishlarning joʻrnavoz cholgʻularidan boʻlgan. S. milliy ansambllar va xalq cholgʻu asboblari orkestrlarida ham foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |