Sahna nutqi
Sahna nutqi - teatrda badiiy obraz yaratish, qahramon xatti-harakatlari, histuygʻularini tomoshabinga yetkazishda asosiy ifoda vositalaridan biri. Sahna nutqi texnikasi aktyorlik mahoratining muhim unsurlaridan boʻlib, unda aktyor ovozining yoqimliligi, jarangdorligi, talaffuzining toʻgʻri va anikligiga amal qilgan holda, turli davr, turli kasb kishilarining til xususiyatlarini, harakterlarning ijtimoiypsixologik, milliy, maishiy hislatlarini ifodalaydi. Sahna nutqining talaffuzi va ohangi ijro etilayotgan asarning janri va uslubiga bogʻliq. Teatr taraqqiyoti tarixida turli aktyorlik maktablari va yoʻnalishlarida Sahna nutqi uslubi va xususiyatlari qam oʻzgarib, rivojlanib kelgan.
Oʻzbekistonda oʻtmishda xalq aktyorlarimasharalar, muqallidlar, qissagoʻylar, voizlar, maddoxlar; qoʻgʻirchoq teatri ustalari aksariyat hollarda ochiq maydonlarda tomosha koʻrsatganlari sababli harakatlari kabi nutqlari ham baland ovozda, boʻrttirilgan boʻlgan. Har joyda oʻz shevalarida faoliyat koʻrsatishgan. Yangi shakldagi oʻzbek professional teatri 20-asr avvalidan eʼtiboran yozma drama asosida, bino ichida, maxsus sahnalarda tomosha koʻrsatilar ekan, Sahna nutqining dramaturg matni, voqealari obrazlariga mos bosiq jaranglashi, harakterlarni psixologik jihatdan asoslanishiga eʼtibor berildi. Milliy teatrimiz shakllanishi davrida (1916—27) rejissyor Mannon Uygʻur aktyorlar ijodida yagonaadabiy tilni oʻrnatish uchun kurash olib bordi. Obraz harakteri talab qilgan oʻrinlardagina sheva va laxjalardan foydalanish mumkin. Milliy teatrning S.n sohasidagi tajribasi uning keyingi rivojlanish bosqichlaridan davom ettirilgan va boshqa teatr truppalari tomonidan oʻzlashtirilgan. Sanʼat institutiaya fan sifatida oʻqitiladi. "Sahna nutqi" kafedrasi bor.
Muhsin Qodirov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |