Said Abulhasan Poband
Avliyo | |
---|---|
Ism |
Said Abulhasan Poband |
Tavalludi |
|
Vafoti |
1004-yil |
Falsafa maktabi |
|
Said Abulhasan Poband — (?—1004) — buxorolik alloma va avliyo. Said Abulhasan Poband hijriy 395-yil (milodiy 1004)da vafot qilganlar. Nasabi to‘qqiz halqa orqali Hazrat Imom Hasan raziyallohu anhuga borib taqaladi. „Tuhfat az-zoirin“ kitobida quyidagi shajara berilgan: „Shayx Sayidul Imom Abulhasan Muhammad ibn Ali bin al Husayn bin al Hasan bin al Qosim bin Muhammad bin al Qosim bin al Hasan bin Zayd bin al Hasan bin Ali bin Abu Tolib r.a. ulamoi shariat, mashoyixi tariqat va haqiqatdurlar[1]“. Said Abulhasan olim, orif, shariat ulamosi tariqatu haqiqat shayxi bo‘lgan. Said Abulhasanning tariqatdagi ustozi Hazrat Jaʼfar Xildiy bo‘lib, Jaʼfar Xildiy Hazrat Junayd Bag‘dodiyning (?—910) shogirtidir. Hazrat Said Abulhasan mashhur zot Abu Bakr Ishoq Gulobodiyning ustozi hisoblanadi. Tarixchi olim Narzulla Yo‘ldoshev „Buxoro avliyolarining tarixi“ kitobida quyidagi voqeani keltirgan: „Said Abulhasan rivoyat qiladilarki, bir kun pirim Shayx Jaʼfar meni iftor qilmoq uchun uylariga taklif qildilar. Ittifoqo, o‘sha kun uyda qovurilgan tovuq, shu bilan birga palov uchun masalliq ham tayyor edi. Men nafsim xohishiga kirib, pirga uzr aytib, uylariga bormadim. Iftor payti xizmatchi palovni tavoqqa solib olib kelayotgan payt yiqilib, oshni tuproqqa yakson qildi. Men, nima voqea ro‘y berdi, deb tashqariga chiqdim. Shu zahot daydi bir it uyga kirib, dasturxondagi qovurilgan tovuqni olib ketdi… Bomdod nimozida Hazrat Jaʼfar meni ko‘rib: „Kimeki o‘z piri taklifini qabul etmasa, Alloh taolo uni it bilan hamtovoq etgay!“ — dedilar, iftor paytidagi voqea ul zotga ayon bo‘lgan edi. Men zud tavba qildim, tavbamni qabul etdilar va gunohimni kechirdilar“. Said Abulhasan Poband Samarqand darvozasi yonidagi mozorga dafn qilgan. Lekin yigirma yildan so‘ng u kishining jasadi u mozoristondan olinib, Buxoro shahri ichidagi Said Pobandikusho guzaridagi hovli ichida qayta ko‘milgan. Bunday etilishiga sabab shundaki, u kishining shogirtlarining biri tushiga kirib, meni shahar ichidagi hovliga etib ko‘ming, degan ekanlar. Samarqand Darvozasi yonidagi mozoriston sobiq Ittifoq zamonida yer bilan yakson qilindi, yo‘qotildi. Hovli ichida bo‘lgani bois Hazrat Said Poband qabrlari talafotdan shikast ko‘rmagan. Hazrat Said Pobandikusho ziyoratgohi hozirgi kunda Xoja Nurobod shoh ko‘chasida joylashgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet.
- ↑ Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.