Said Jalili
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Said Jaliliy ( forscha: سعید جلیلی jins. 1965 yil 6 sentyabr, Mashhad ) - Eron davlat va siyosat arbobi.Eron oliy rahbariyatining Xavfsizlik kengashi raisi
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Jaliliy Tehrondagi Imom Sodiq universitetida tahsil olgan.Eron-Iroq urushi davrida Islom inqilobi korpusida xizmat qilgan.Tashqi ishlar vazirining Yevropa va Amerika masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlagan.
Siyosiy faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yildagi prezidentlikka nomzod
[tahrir | manbasini tahrirlash]Said Jaliliy 2013-yil 22-mart kuni bo'lib o'tgan prezidentlik saylovlariga o'z nomzodini qo'ygan.Uni Islom inqilobi fronti qo'llab quvvatlagan.Shuningdek o'z nomzodini saylovdan olib tashlagan Kamron Bageri Lenkorani ham uni qo'llagan.U saylovda 4 168 946 ovoz bilan uchinchi bo'lgan.Muhammad-Bager Golibaf ikkinchi o'rinda bo'lsa,Hasan Ruhoniy prezidentlikka saylangan.
2021-yildagi prezidentlikka nomzod
[tahrir | manbasini tahrirlash]Prezidentlik saylovlari oldidan Jaliliy ehtimoli g'olib sifatida ko'rilgan.U Ibrohim Raisiy o'z nomzodini prezidentlikka qo'yadigan bo'lsa,o'z nomzodini olib tashlashini aytgan bo'lsada,biroq kurashni oxirigacha davom ettirgan.Yakunda prezidentlik kursisi Ibrohim Raisiy ga nasib qiladi.
2024 yildagi prezidentlikka nomzod
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Raisiyning aviahalokat oqibatidagi vafotidan so'ng o'tkazilgan saylovda ham Jaliliy yetakchi nomzodlardan biri sifatida e'tirof etilgandi.Sababi u Oyatillo ga yaqin kishilardan biri bo'lib, ashaddiy konservator hisoblanadi.Birinchi turdan o'tgan Jaliliy, saylovning ikkinchi turida yirik farq bilan islohotlar va g'arb bilan faol hamkorlik tarafdori bo'lgan Masud Pezeshkiyon ga imkoniyatni boy berdi.