Kontent qismiga oʻtish

Saidbotir Ahmadxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saidbotir Saidgʻaniyevich Ahmadxoʻjayev (1941-yil 30-may, Toshkent) — operator va rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan san’at arbobi (1989). Ijo-di-ni 1966-yil "Oʻzbekfilm" kinostudiyasining "Nashtar" satirik kino-jurnalida boshlagan. 1969-yildan "Oʻzbektelefilm" studiyasida. Operator sifatida osori atiqalar, milliy qadriyatlarimiz haqida hikoya qiluvchi "Sharqning mangu obidalari", "Buxoro", "Hamro buvi 865 ertaklari" hujjatli filmlarini yaratgan. 1972-yildan rejissyor sifatida ijod qilib, "Brigada", "Us ta Salimjon", "Xalq farzandi", "Mukarrama opa va qirq goʻzal", "Intizor", "Xotira", "Qalb saxovati", "Farzandlar qasamyod qildilar" kabi hujjatli, shuningdek "Aziz" televizion badiiy, "Oʻzbegim" badiiy-publitsistik filmlarni yaratdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil