Saidina Abu Bakr as-Siddiq masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Saidina Abu Bakr as-Siddiq masjidi
malaycha: Masjid Saidina Abu Bakar As-Siddiq
Mamlakat  Malayziya
˞Kuala Lumpur Bangsar shahri
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Modernizm
Binokorlik sanasi 1982 yil
Minoralar soni 1

Saidina Abu Bakr as-Siddiq masjidi (MSABA) (malaycha: Masjid Saidina Abu Bakar As-Siddiq) – Malayziyaning Kuala Lumpur[1] shahri Bangsar shaharchasida joylashgan mashhur masjid. Binoga Islom dinining soʻnggi paygʻambari Muhammadning xalifasi Abu Bakr Siddiq nomi berilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1976-yilda Bangsar aholisi ushbu hududda ham masjid qurish zaruriyati tugʻilgani toʻgʻrisida murojaat qila boshlagan. 1977-yil 25-noyabrda esa ushbu taklif Federal hudud islom diniy kengashi tomonidan tasdiqlangan. 1977-yilning 27-noyabrida mahalliy vakillar YB Datuk Usmon Abdulloh bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Saidina Abu Bakr as-Siddiq masjidi jamoatchilikdan yigʻilgan 700 000 RM evaziga qurib bitkazilgan. Hukumat loyihani amalga oshirishni oʻz zimmasiga olgan va qurilish ishlarini Malayziyaning keyingi 5 yillik rejasiga kiritgan. Masjid qurilishini rejalashtirish 1979-yilda boshlanib, 1982-yilning martida yakuniga yetkazilgan.

Masjid quriladigan hudud rasman 1980-yil 18-iyulda pudratchiga topshirilgan. Qiblaning yoʻnalishi 1980-yil 24-avgustda Federal Hududlar muftiysi, SS Datuk Shayx Abdulmusayn bin Hoji Solih[2] tomonidan tasdiqlangan. Tuproqni tekislash ishlari esa 1980-yil sentyabr oyida boshlangan.

Masjid 1982-yil 29-martda rasman hukumatga topshirilgan. Uning rasmiy ochilish marosimini Yang di-Pertuan Agong, Sulton Ahmad Shoh ibni Almarhum Sulton Abu Bakr boshchiligida 1982-yil 15-iyulda oʻtkazilgan.

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid dastlab 3500 kishiga moʻljallangan edi, biroq 2009 va 2010-yillarda amalga oshirilgan kengaytirish ishlaridan soʻng bino yana qoʻshimcha ravishda 500 kishini sigʻdirish imkoniyatiga ega bo'lgan.

Masjid binosi anʼanaviy malay meʼmorchiligi asosida qurilgan boʻlib, minora (43.3 m), arklar, gumbazga (kengligi 16.6 m va poldan balandligi 24 m) ega. Masjid eshiklari qattiq yogʻochdan qilingan boʻlib, islomiy naqshlar bilan oʻyib ishlangan teshiklar bilan ishlov berilgan.

Masjidning meʼmoriy dizayni Maldiv orollari milliy masjidi, shuningdek, Kuala-Lumpurdagi Masjid Saidina Umar al-Xattob va Saidina Usmon ibn Affon masjidi kabi boshqa mashhur masjidlar qurilishiga oʻxshash uslubda.

Qavatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bino uchta qavatdan iborat:

Yertoʻla[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Diniy darslar uchun sinfxonalari
  • Ofis maydoni va kutubxona
  • 200 kishiga moʻljallangan sigʻadigan koʻp maqsadli zal
  • Oshxona
  • Tahorat va hojatxonalar uchun joy

Birinchi qavat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1000 kishini qabul qiladigan kundalik foydalanish uchun asosiy namoz oʻqish zali. Bir vaqtning oʻzida 4000 nafargacha kishini oʻzida sigʻdira oladi.

Ikkinchi qavat[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Juma kungi va boshqa maxsus kunlar uchun qoʻshimcha namoz oʻqish zali
  • Chap qanot: sinf xonalari va ofisdan iborat maktab bloki

Majmuada kitob doʻkoni hamda aholi va maktab oʻquvchilariga xizmat koʻrsatadigan oshxona mavjud.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Malayziya Milliy masjidida olib borilgan taʼmirlash ishlari davomida Malayziyaning vaqtinchalik Milliy masjidi sifatida xizmat qilgani uchun bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koordinatalari: 3°07′46.5″N 101°40′18.5″E / 3.129583°N 101.671806°E / 3.129583; 101.671806 G O

  1. „MASJID SAIDINA ABU BAKAR AS-SIDDIQ“.
  2. „Saidina Abu Bakar As-Siddiq Mosque“.