Kontent qismiga oʻtish

Saidoqil Saidxo‘jayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Saidoqil Saidxonovich Saidxoʻjayev (1894- yil 7-may, Toshkent, Rossiya imperiyasi - 1968- yil 10-dekabr) — oʻzbek muhandisi, quruvchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi. Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Energetika institutining birinchi direktori[1]. Urushdan keyingi yillarda ommaviy axborot vositalarida uning ismi koʻproq Saidxoʻjayev Saidoqil Saidovich deb koʻp bora tilga olingan. Oʻzbekistonning birinchi energetik muhandisi sifatida yodga olinadi[2].

Saidoqil Saidxoʻjayev 19041906-yillarda Toshkentdagi rus millatiga mansub maktabda tahsil olgan.

U 1927-yilda Moskvadagi Plexanov nomli Xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

U 1933-yilda Boshgidroenergetika tizimida ish boshlagan, 1936-yilgacha boshliq va bosh muhandis lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 1933-yildan —1937-yilgacha u Oʻzbekiston Xalq Komissarlari Kengashining qarori bilan bir vaqtning oʻzida “Burjarqurilish” (Burdjar GES qurilishi) boshligʻi va bosh muhandisi etib tayinlangan[3][2].

Saidxoʻjayev 1937؅—1940 yillarda Oqtepa GESi qurilishiga boshchilik qilgan va 1943-yilda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.

Saidoqil Saidxoʻjayev 1951-yildan TIQXMMI (Toshkent irrigasiya va qioʻloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti)da faoliyat yuritgan. 1964-yilda “Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchi” unvoni beriladi[2].

  1. Академии наук Республики Узбекистан 50 лет / Редкол.: М. С. Салахитдинов (гл.ред) и др. — Ташкент : Фан, 1993. — С. 100
  2. 2,0 2,1 2,2 „Birinchi o‘zbek professori, birinchi arxeolog, birinchi matbaachi va noshiri, birinchi advokati haqida...“. UZA. 9-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
  3. Праздник солидарности трудящихся в Узбекистане: (К. 100-летию празднования 1 Мая): Сб. документов и материалов, 1989. — С. 126