Kontent qismiga oʻtish

Sak qabilalari madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sak qabilalari madaniyati - Osiyoning (jumladan, Oʻrta Osiyoning) dasht, choʻl va togʻ oldi hududlarida yashagan koʻchmanchi aholi madaniyati. Sak tilida yozilgan eng qad. manba — Olmaota atrofidagi Issiq mozorqoʻrgʻonidan topilgan kumush idishdagi yozuv boʻlib, u mil. av. 5-asr bilan sanalanadi. Sak tillarida bitilgan hujjatlarning asosiy qismi Sharqiy Turkistonning Xoʻtan vohasidan topilgan. Ular 7—10-asrlarga oid. Bu yozuvlarni oʻrganishda G. V. Beyli, M. J. Drezden, L. G. Gersenberg, I. M. Oranskiylar katta hissa qoʻshganlar. Saklar yodgorliklaridan jez va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zebziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Saklarning oʻqlari bargsimon, 2 yoki 3 qirrali boʻlgan, xanjar va qilich dastasining boshi yoysimon qayirib qoʻyilgan. Gerodot saklarning yarogʻaslaha va ot anjomlari haqida aniq maʼlumotlar keltiradi. Saklarning ot anjomlari, oʻklari va xanjarlari skif yarogʻaslahalariga oʻxshaydi. Jezdan ishlangan sanʼat buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta oʻxshashliklar bor. Mustahkam madaniy aloqalar koʻchmanchilarni birbirlari bilan bogʻlab turgan. Shuning uchun ham madaniy anʼanalari va urfodatlari ularning yashash sharoitidan kelib chiqib, birbiridan uncha farq qilmagan (yana qarang Skiflar madaniyati).

Bahodir Eshov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil