Kontent qismiga oʻtish

Saki Kumagai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saki Kumagai
Saki_Kumagai_D1_2019
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi 熊谷 紗希
Tavallud sanasi 17-oktyabr 1990-yil (1990-10-17) (34 yosh)
Tavallud joyi Sapporo, Hokkaido,, Yaponiya Yaponiya
Boʻyi 173 sm
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bayern Munich
Raqami 3


Saki Kumagai (yapon. 熊谷 紗希 1990-yil 17-oktabrda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi, Germaniyaning Bavariya klubi va Yaponiya terma jamoasida oʻynaydi[1]. U asosan yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo asosiy ampulasi markaziy himoyachi hisoblanadi.

Kumagai Sharqiy Osiyoning klub va xalqaro miqyosdagi eng muvaffaqiyatli futbolchilaridan biri[2]. 2020-yilga kelib, u bitta Jahon kubogi, yettita Fransiya milliy chempioni, beshta Yevropa kubogi va bitta Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Klubdagi Karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kumagai 1990-yil 17-oktabrda Sapporoda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 2009-yilda Urava Reds jamoasiga qoʻshildi. Klub 2009-yilgi mavsumda L.Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2011-yilning iyul oyida u Germaniya Bundesligasining Frankfurt klubiga oʻtdi. Ikki mavsumdan soʻng u 2013-yil iyun oyida birinchi divizion Fransiyaning Olimpik Lion ayollar klubiga oʻtdi[3].

2021-yil aprel oyida Kumagai 8 mavsumdan soʻng Lionni tark etishini eʼlon qildi[4]. Keyingi oy, 2021-yil 12-may kuni Kumagai Nemis Bundesligaga qaytadi, Bavariya uni mavsumdagi ilk transferi deb eʼlon qildi va Kumagai faoliyatini myunxenliklar safida davom ettirdi[5].


Kumagai 2011-yilgi jahon chempionatida Yaponiya tarkibida

Terma jamoadagi karyera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 7-mart kuni Kumagai 17 yoshda boʻlganida Yaponiya terma jamoasi tarjibida Kanada terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvini oʻtkazdi[6]. Avgust oyida Kumagai 2008-yilgi 20-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan chaqiruv oldi. 2010-yilda u U-20 Yaponiya terma jamoasida 2010-yilda boʻlib oʻtgan U-20 Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida sardor sifatida oʻynagan. 2011-yilda u Yaponiyaning Jahon kubogi gʻolibi jamoasi tarkibida boʻlib, finalda AQShga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan penaltini amalga oshirdi[7]. U 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2015-yilgi Jahon Chempionatlari uchun ham jamoada edi. Yaponiya ikkala musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilning yanvarida menejer Asako Takakura uni Yaponiya terma jamoasi sardori etib tayinladi. 2018-yilda Yaponiya OFK Osiyo Kubogida gʻolib chiqdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2019-yil 10-noyabr kuni Kumagai Yaponiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻzining oʻrtoqlik oʻyinlaridagi ilk golini kiritdi[8].

Saki Kumagai Lion tarkibida 2019-yil.

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saki Kumagaining klubdagi statistikasi
Mavsum Klub Liga Kubok Qitʼa Umumiy
Division A G A G C A G A G
2009 Urawa Reds Nadeshiko League 21 2 4 1 - - 25 3
2010 Urawa Reds Nadeshiko League 18 6 4+2 2+0 - - 24 8
2011 Urawa Reds Nadeshiko League 5 0 0 0 - - 5 0
Umumiy 44 8 10 3 - - 54 11
2011–12 FFC Frankfurt 00Frauen-Bundesliga00 20 2 3 0 UWCL 8 0 31 2
2012–13 FFC Frankfurt Frauen-Bundesliga 18 0 1 0 - - 19 0
Umumiy 38 2 4 0 - 8 0 50 2
2013–14 00Olympique Lyonnais00 Division 1 19 3 5 3 UWCL 4 1 28 7
2014–15 Olympique Lyonnais Division 1 22 2 6 0 UWCL 4 0 32 2
2015–16 Olympique Lyonnais Division 1 20 5 5 1 UWCL 9 1 34 7
2016–17 Olympique Lyonnais Division 1 19 6 2 2 UWCL 9 3 30 11
2017–18 Olympique Lyonnais Division 1 21 5 4 0 UWCL 7 1 32 6
2018–19 Olympique Lyonnais Division 1 20 2 5 0 UWCL 9 0 34 2
2019–20 Olympique Lyonnais Division 1 14 2 5+1 0+0 UWCL 6 1 26 3
2020–21 Olympique Lyonnais Division 1 17 4 1 0 UWCL 6 1 24 5
Umumiy 152 29 34 6 - 54 8 240 43
2021–22 FC Bayern Munich Frauen-Bundesliga 4 1 1 0 UWCL - - 5 1
Umumiy 4 1 1 0 - - - 5 1
Karyerada umumiy 238 40 49 9 - 62 8 349 57
30-Iyul 2021-yil[9]
Yaponiya terma jamoasi
Yil Oʻyin Gol
2008 2 0
2009 0 0
2010 15 0
2011 16 0
2012 16 0
2013 9 0
2014 5 0
2015 11 0
2016 7 0
2017 9 0
2018 10 0
2019 10 1
2020 2 0
2021 6 0
Umumiy 118 1

Xalqaro maydonda urgan gollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
No. Date Venue Opponent Score Result Competition
1. 10-Noyabr 2019-yil Kitakyushu Stadium, Kitakyushu, Yaponiya Janubiy Afrika 1–0 2–0 Oʻrtoqlik
2. 24-Yanvar 2022-yil Shree Shiv Chhatrapati Sports Complex, Pune, Hindiston Vyetnam 2–0 3–0 2022 AFC Ayollar o'rtasida Osiyo kubogi

YaponiyaUrawa Reds

FransiyaLyon

  • Division 1 Féminine: 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20
  • Coupe de France: 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2018–19, 2019–20
  • UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi: 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20
  • Chempionlar kubogi:2019

International

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya Yaponiya

Chempion: 2018
  • Futbol boʻyicha yozgi olimpiada oʻyinlari
Kumush medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari
Chempion: 2011 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati
2-oʻrin: 2015 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati
  • Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Osiyo oʻyinlari
Oltin medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari
  • Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Sharqiy Osiyo chempionati
Chempion: 2010 EAFF Ayollar oʻrtasida futbol chempionati
Chempion: 2009 AFC U-19 Ayollar oʻrtasida chempionat
  • Osiyoda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi 2019-yil[10]
  • 2018-yilgi dunyo boʻyicha eng yaxshi ayollar ramziy terma jamoasiga kiritilgan[11] 2020-yil[12]
  • 2011—2020-yil davomida Dekadaning dunyodagi eng yaxshi ayollar terma jamoasiga kiritilgan[13]
  • 2011—2020-yil davomida Dekadaning Osiyodagi eng yaxshi ayollar terma jamoasiga kiritilgan<[14]