Kontent qismiga oʻtish

Salaka

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Salaka (Clupea harengus membras) — seldlar urugʻiga mansub baliq, atlantika seldining kenja turi. Uzunligi 20 sm gacha, gigant S—38 sm gacha. Boltik, dengizining sharqiy qismi, ayrim Shvetsiya koʻllarida tarqalgan. Tuda boʻlib yashaydi. Tez oʻsadi. Planktonxoʻr, gigant S. — yirtkich. 6—11 y. yashaydi. 2—3 yoshda (uz. 10—12 sm) voyaga yetadi. Sohil yaqiniga 2—20 m chuqurlikka 10 mingga yaqin uvildiriq tashlaydi. Ovlanadi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil