Xoch
Qiyofa
(Salibdan yoʻnaltirildi)
Xoch, krest, salib — xristianlikning asosiy timsollaridan biri, pravoslaviye va katolitsizm diniy siginish buyumi. Xochga sigʻinish 4-asrda rasmiylashgan. Xristianlar rivoyati boʻyicha, Iso Xochga mixlab oʻldirilgan, shunga koʻra, qatl quroli tasviri xristianlik dinini qabul qilish belgisi sifatida diniy timsolga aylangan. Protestantizmda Xochga sigʻinilmaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |