Salim Ashur
Qiyofa
Salim Ashur (Salim Ashurov) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist[1]. 1964-yil 16-dekabrda Tojikiston Respublikasining Qoʻrgʻontepa viloyati, Qoʻrgʻontepa tumanida tugʻilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1989)[2] . Dastlabki sheʼrlar toʻplami – „Yashil giyoh“ (1994). Shundan soʻng shoirning „Atirgul“ (1994), „Siz ertaga kelasiz“ (1999), „Kechikkan tong“ (2002), „Atalgan kunlar“ (2004), „Darz“ (2006) kabi sheʼriy kitoblari nashr etilgan. A. Blok, I. Bunin, A. Fet sheʼrlaridan namunalar hamda J. P. Sartr, K. Paustovskiyning qissa va baʼzi hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „SALIM ASHUR - 60 YoSHDA“. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi. Qaraldi: 16-dekabr 2024-yil.
- ↑ Ashurov, Salim. „Salim Ashur. She’rlar“ (6-iyul).