Kontent qismiga oʻtish

Salma Khatun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Salma Khatun
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi (ayol)
Tavallud sanasi 1-oktyabr 1990-yil (1990-10-01) (34 yosh)
Khulna, Bangladesh
Sport
Qaysi sport (Kriket)
Klubi (Southern Zone)
Faol tomoni (oʻnaqay)
Medallar
Oltin medal Cricket at the 2019 South Asian Games – Women's tournament

Salma Khatun — (1990-yil 1-oktyabrda tugʻilgan) Bangladesh kriketchisi, Bangladesh milliy kriket jamoasida oʻynaydi. U oʻng qoʻl bilan zarba beruvchi va oʻng qoʻl bilan oʻyinchi sifatida jamoaviy oʻyinlarda qatnashadi. Salma 2008 va 2020-yillar oraligʻida Bangladesh milliy jamoa sardori boʻlgan, shu jumladan birinchi „Bir kunlik xalqaro“ va „Twenty20 International“ musobaqalarida sardorlik qilgan[1][2][3][4].

Salma Khatun 1990-yil 1-oktyabrda Bangladeshning Khulna shahrida tavallud topgan. U dastlab Xulnadagi bolalar bilan kriket oʻynashni boshlagan. Salma ilk murabbiyi Imtiaz Xossain Pilu qoʻl ostida shugʻullangan va profssional kriketchi boʻlib tarbiyalangan.

Bangladesh ayollar terma jamoasi 2010-yilda ayollar kriket musobaqasida Xitoy milliy ayollar terma jamoasiga qarshi Osiyo oʻyinlarida tarixiy kumush medalni qoʻlga kiritgan. U Xitoyning Guanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida terma jamoa tarkibida ishtirok etgan[5].

Salma bowling for Bangladesh during the 2020 ICC Womenʼs T20 World Cup
2020-yilgi ICC Ayollar oʻrtasidagi T20 Jahon kubogi paytida Bangladesh uchun Salma ishtiroki.

Salma 2012-yil 28-avgustda Irlandiyaga qarshi T20I musobaqasida debyut qilgan. 2018-yil iyun oyida u Bangladesh terma jamoasining bir qismi boʻlib, ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida ilk bor gʻolib boʻlgan va 2018-yilgi Ayollar oʻrtasidagi Twenty20 Osiyo kubogi turnirida gʻolib boʻlgan[6][7][8]. Oʻsha oyning oxirida u 2018-yilgi ICC Womenʼs World Twenty20 Qualifier turniri uchun Bangladesh sardori etib tayinlangan[9].

2018-yil oktyabr oyida u Gʻarbiy Hindistonda boʻlib oʻtadigan 2018 ICC Womenʼs World Twenty20 turniri uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[10][11]. U toʻrtta oʻyinda oltita chetlatish bilan Bangladesh terma jamoasi uchun birgalikda yetakchi boʻlgan[12].

2019-yil avgust oyida u Shotlandiyada boʻlib oʻtadigan 2019 ICC Womenʼs World Twenty20 Qualifier turniri uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[13][14]. 2019-yil noyabr oyida Salma 2019-yilgi Janubiy Osiyo oʻyinlarida kriket turniri uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[15]. Bangladesh terma jamoasi finalda Shri-Lankani ikki marta magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritgan[16].

2020-yil yanvar oyida u Avstraliyada boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi ICC Ayollar oʻrtasidagi T20 Jahon kubogi uchun Bangladesh terma jamoasi sardori etib tayinlangan[17]. Salma toʻrtta oʻyinda oltita chetlatish bilan Bangladesh terma jamoasi uchun yetakchi darvozabon boʻlgan[18].

2021-yil noyabr oyida u Zimbabveda boʻlib oʻtadigan 2021-yilda ayollar oʻrtasidagi kriket boʻyicha Jahon chempionati saralash turnirida Bangladesh terma jamoasiga kiritilgan[19]. 2022-yil yanvar oyida u Malayziyada boʻlib oʻtadigan 2022-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarining kriket saralash turnirida Bangladesh jamoasiga kiritilgan[20]. Oʻsha oyning oxirida Salma 2022-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan kriket boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi uchun Bangladesh jamoasiga kiritilgan[21]. Sportchining 2022-yilgi musobaqalarga tayyorgarligi yuqori darajada amalga oshirilayotganligini marabbiyi taʼkidlab oʻtgan.

  1. „Khatun to lead Bangladesh in Women's T20 Asia Cup“. bdnews24.com.
  2. „Bangladesh today : Salma to lead Bangladesh 4 February, 2009“. bangladesh2day.com. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  3. „21 Anniversary Supplement“. The Daily Star. 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  4. „Bangladesh eve team lose to SA in 1st ODI“. The Daily Ittefaq. 2015-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  5. „7 Star of the year for Bangladesh in Sports - Top seven Bangladeshi Sports personalities“. dhakanews.info.
  6. „Bangladesh name 15-player squad for Women's Asia Cup“. International Cricket Council. Qaraldi: 2018-yil 31-may.
  7. „Bangladesh Women clinch historic Asia Cup Trophy“. Bangladesh Cricket Board. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-iyun.
  8. „Bangladesh stun India in cliff-hanger to win title“. International Cricket Council. Qaraldi: 2018-yil 11-iyun.
  9. „ICC announces umpire and referee appointments for ICC Women's World Twenty20 Qualifier 2018“. International Cricket Council. Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
  10. „Media Release: ICC WOMEN’S WORLD T20 WEST INDIES 2018: Bangladesh Squad Announced“. Bangladesh Cricket Board. 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  11. „Bangladesh announce Women’s World T20 squad“. International Cricket Council. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  12. „ICC Women's World T20, 2018/19 - Bangladesh Women: Batting and bowling averages“. ESPN Cricinfo. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.
  13. „Bangladesh name 14-member squad for ICC T20 World Cup Qualifier 2019“. International Cricket Council. Qaraldi: 2019-yil 11-avgust.
  14. „Captains ready for Women's T20 World Cup Qualifier“. International Cricket Council. Qaraldi: 2019-yil 28-avgust.
  15. „Nazmul Hossain to lead Bangladesh in South Asian Games“. CricBuzz. Qaraldi: 2019-yil 30-noyabr.
  16. „Bangladesh women's cricket team clinch gold in SA games“. The Daily Star. Qaraldi: 2019-yil 8-dekabr.
  17. „Rumana Ahmed included in Bangladesh T20 WC squad“. Cricbuzz. Qaraldi: 2020-yil 29-yanvar.
  18. „ICC Women's T20 World Cup, 2019/20 - Bangladesh Women: Batting and bowling averages“. ESPN Cricinfo. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  19. „Media Release : ICC Women's World Cup Qualifier 2021: Bangladesh Squad announced“. Bangladesh Cricket Board. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-noyabr.
  20. „Bangladesh drop Jahanara for CWC qualifiers“. CricBuzz. Qaraldi: 2022-yil 7-yanvar.
  21. „Jahanara returns to Bangladesh for World Cup“. BD Crictime. Qaraldi: 2022-yil 28-yanvar.