Salola xalqaro aeroporti
Salola xalqaro aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: SLL – ICAO kodi: OOSA | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Ummon hukumati | ||
Operator | OAMC | ||
Xizmat doirasi | Salola, Ummon Sultonligi | ||
Joylashuvi | Ar Rubat koʻchasi (Salola shahridan 13,9 km) | ||
Markazi | |||
Dengiz sathidan balandligi | 73 ft / 22 m | ||
Koordinatalari | 17°02′20″N 54°05′32″E / 17.03889°N 54.09222°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
07/25 | 4 000 | 13,123 | Asfalt |
Manba: GCM[1] Google Maps[2] |
Salola xalqaro aeroporti (IATA: SLL, ICAO: OOSA) – Ummon Sultonligining ikkinchi yirik aeroporti. Maskat xalqaro aeroportidan keyingi oʻrinda turadi. Zufor muhofazasining Salola qirgʻoqboʻyi hududida, Salola shahar markazidan 5.5 kilometr (3.4 mi) shimoli-sharqda joylashgan. Aeroportda mintaqaviy yoʻnalishlarga parvozlar, shuningdek, Yevropadan bir nechta qitʼalararo charter xizmatlari mavjud. Yaqinda aeroport menejment va xizmat koʻrsatish sohasidagi mukammalligi uchun Skytrax 5 yulduzli mintaqaviy aeroport reytingida gʻolib chiqdi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastlabki davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salolada aerodrom 1935-yil Ummon Sultonligini qoʻllab-quvvatlash uchun Britaniya qirollik harbiy havo kuchlari tomonidan tashkil qilingan[3]. U yerdagi samolyotlardan 1954—1957-yillardagi Jabal Axdar urushi hamda 1962- va 1976-yillarda Zufor urushida foydalanilgan. 1977-yilda britaniyaliklar RAF Salolani tark etadi[4].
Salola aeroporti 1977-yilda fuqarolik obyekti sifatida faoliyat boshlaydi. Dastlab faqat Maskatdan ichki reyslarni va BAA yoki Qatarga bir nechta charter reyslarini amalga oshirgan. Ummon havo xizmatlari (OAS) Salolaga 1982-yilda xizmat koʻrsatishni boshladi va Oman Airning ilk reysi 1993-yil aprel oyida Maskatdan keldi. Fuqarolik aeroporti bilan birgalikda Ummon Qirollik havo kuchlarining RAFO Salola nomli harbiy aviabazasi joylashgan.
2003-yilda Salola aeroporti xalqaro aeroport maqomini oldi. Shu yili Oman Air Dubaydan Salolaga muntazam qatnovlarni boshladi, bu esa yoʻlovchilar oqimi oshishiga olib keldi. Ayni paytda boshqa aviakompaniyalar faqatgina Xarif mavsumida qatnovlarni amalga oshirar edi. Keyingi yil Air India Kojikodega, keyin esa Cochinga parvozlarni yoʻlga qoʻydi va Salolaga mavsumiy boʻlmagan xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi birinchi aviakompaniyaga aylandi[5]. 2003-yildan beri aeroportda yoʻlovchilar oqimi va fuqarolik parvozlari soni koʻpayib bormoqda[6]. Hudud ham mahalliy aholi, ham xorijliklar uchun mashhur sayyohlik yoʻnalishi hisoblanadi, ayniqsa iyuldan sentyabrgacha Osiyo mussoni Xarif mavsumining boshlanishi bilan mintaqaga kirib, uni odatiy qurgʻoqchil koʻrfaz mintaqasidan gʻayrioddiy jozibali joyga aylantiradi. Ayni paytda mamlakatning ikkinchi muhim aeroporti hisoblanadi.
2000-yillardan beri rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda yangi zamonaviy Salola aeroporti uchun rejalashtirish va qurilish ishlari boshlandi. Ushbu harakat Transport va kommunikatsiya vazirligi tomonidan shaharning turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda shaharga va shahardan uchib ketayotgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat koʻrsatish maqsadida qilingan. Xalqaro aeroportni yakunlash uchun 20 dan ortiq turli qurilish kompaniyalari bilan qiymati 854 million dollarga teng[7] shartnomalar imzolandi[8]. COWI A/S-Larsen qoʻshma korxonasi loyihada bosh konsultant boʻldi, keyinchalik qoʻshma korxona HILL INTERNATIONAL LLC tomonidan almashtirildi[9].
Salola aeroporti birinchi bosqichda bir million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan edi. Yangi aeroport uchun ikkinchi, uzunligi 4 km boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi ham qurilishi hisobga olingan[10]. Aeroportning hozirgi uchish-qoʻnish yoʻlagi ham eng katta samolyotlarni qabul qilish uchun kengaytiriladi, shuningdek, shimolda yangi parallel taksi yoʻli quriladi[11]. Xalqaro aeroportda shuningdek, 65 000 m² yoʻlovchi terminali binosi boʻlib, 3000 tagacha avtomobil uchun avtoturargoh va 57 metr balandlikdagi ATC minorasi boʻladi[8][10].
Aeroportning dizayni kelajakdagi rivojlanish loyihalarini hisobga oladi va agar kerak boʻlsa, yiliga olti milliongacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkonini beradi[12].
Salolaning yangi aeroporti 2015-yil iyun oyida ishga tushdi, Oman Air aviakompaniyasi Maskatdan parvozni amalga oshirib, yangi aeroportga kelgan birinchi aviakompaniyaga aylandi. Biroq, yangi aeroport rasman 2015-yilning noyabr oyida ochildi. Yangi aeroportning janubida joylashgan eski aeroport shundan soʻng ichki va favqulodda aeroportga aylantirildi.
Infratuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi xalqaro aeroport eski aeroportga qaraganda koʻproq infratuzilmaga ega. OAMC bilan hamkorlikda xususiy kompaniya tomonidan yangi Duty Free xizmati ishga tushirildi. Koʻplab oziq-ovqat peshtaxtalari ochilganidan beri xizmat koʻrsatmoqda. Oman Air aviakompaniyasi yangi terminalda havo tomoni va darvozalari qarshisida Gold va Silver Sinbad xizmat kartalari egalari boʻlgan biznes klass, birinchi klass va ekonom klass yoʻlovchilari uchun yangi zalni joylashtirdi. Aeroport yoʻlovchilar orasida samarali dam olish xonasi va Duty Free xizmatlarini taqdim etayotgani reytingiga ega. Yangi aeroportda konditsionerli toʻrtta aerokoʻprik mavjud. Yangi terminal nafaqat shahar turizmini, balki mahalliy va xalqaro yoʻlovchilar oqimini ham rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air Arabia | Abu-Dabi[13], Sharja |
Air India Express | Kojikode, Kochi[14], Tiruvanantapuram |
Centrum Air | Toshkent (2024-yil 30-oktyabrdan boshlanadi)[15] |
Edelweiss Air | Mavsumiy: Syurix (2025-yil 25-fevraldan boshlanadi)[16] |
Etihad Airways | Mavsumiy: Abu-Dabi[manba kerak] |
flydubai | Dubay–Xalqaro |
flynas | Mavsumiy: Ar-Riyod[17] |
Gulf Air | Mavsumiy: Bahrayn[manba kerak] |
Jazeera Airways | Mavsumiy: Kuvayt[18] |
Kuwait Airways | Mavsumiy: Kuvayt[19] |
Oman Air | Maskat |
Qatar Airways | Doha |
SalamAir | Abu-Dabi[20] Jidda[21], Kuvayt, Maskat, Suhor Mavsumiy: Fujayra, Praga[22] |
Saudia | Mavsumiy: Ar-Riyod, Jidda |
Smartwings | Mavsumiy charter: Bratislava[23] |
Wizz Air | Mavsumiy: Abu-Dabi |
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Jami yoʻlovchilar soni | Jami yuklar, jumladan pochta (tonnada) | Jami fuqarolik parvozlari soni |
---|---|---|---|
2020 | 386,107 [24] | 743 [25] | 3,384[26] |
2019 | 1,365,854 [24] | 1,395 [25] | 11,886[26] |
2018 | 1,386,994 [27] | 979 | 15,518 [28] |
2017 | 1,485,635 | 1,327 | 17,511 |
2016 | 1,198,846 | 1,563 | 10,703 |
2015 | 1,027,578 | 1,350 | 10,293 |
2014 | 841,970 [29] | 1,799 | 8,571[29] |
2013 | 746,994 | 1,417 | 7,944 |
2012 | 629,305 | 1,335 | 6,175 |
2011 | 513,278 | 1,366 | 5,520 |
2010 | 455,297 | 1,283 | 5,085 |
2009 | 426,503 | 1,284 | 5,045 |
2008 | 407,788 | 1,129 | 4,248 |
2007 | 337,679 | 1,110 | 4,079 |
2006 | 288,700 | 1,441 | 4,215 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aeroport haqida OOSA Great Circle Mapper'da.
- ↑ „Salalah International Airport“. Google Maps. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar.
- ↑ „Royal Air Force Operations in Oman, 1918-1939“. www.rafmuseum.org.uk. Royal Air Force Museum. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
- ↑ „Oman and the Cold War“. www.rafmuseum.org.uk. Royal Air Force Museum. Qaraldi: 2020-yil 14-may.
- ↑ „Your Gateway to Oman“. Omanairports.com. 2013-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
- ↑ „Oman Airports“. Oman Airports. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
- ↑ „Muscat Airport terminal ready by end of 2013“. ConstructionWeekOnline.com (2012-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
- ↑ 8,0 8,1 „New Salalah airport to handle 2 million passengers“. 2012-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
- ↑ „COWI - Salalah International Airport, Oman“. 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
- ↑ 10,0 10,1 „Salalah Airport, Oman“. COWI. 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 2-mart.
- ↑ „Salalah International Airport, Salalah“. 2011-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Oman's airports offer opportunities“. 2012-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-oktyabr.
- ↑ „AACO | Air Arabia Abu Dhabi introduces flights to Salalah“.
- ↑ „Air India Express to resume Cochin-Salalah service from Apr-2023“. CAPA. Qaraldi: 2023-yil 21-mart.
- ↑ Liu, Jim. „Centrum Air Adds Tashkent – Salalah Schedule From late-Oct 2024“ (en-CA). AeroRoutes (2024-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Edelweiss Air NW24 MENA Network Expansion“.
- ↑ Liu, Jim „flynas S20 Network Expansion“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
- ↑ „Jazeera Airways to begin operations to Salalah - The Arabian Stories News“. Thearabianstories.com (2022-yil 7-mart). Qaraldi: 2022-yil 30-may.
- ↑ Casey, David „Manchester, Madrid and Moscow Among Kuwait Airways' Network Additions“. Routesonline. Qaraldi: 2022-yil 1-fevral.
- ↑ „Salam Air network expansion in S19“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 22-may.
- ↑ Karp, Aaron „Oman's SalamAir To Commence Service To Four Indian Cities“. Routesonline. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „SalamAir to launch direct flights to 5 new destinations“.
- ↑ „Hydrotour“.
- ↑ 24,0 24,1 „Transport - DATA PORTAL“. data.gov.om. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ 25,0 25,1 „Civil Aviation Authority - Open Data“. www.caa.gov.om. 2022-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ 26,0 26,1 „Transport - DATA PORTAL“. data.gov.om. Qaraldi: 2022-yil 17-avgust.
- ↑ „Traffic Statistics Muscat Int. Airport Summary By Month“. PACA (2018). 2019-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2018 نتائج موسم صاللة السياحي“ (ar).
- ↑ 29,0 29,1 „FlipBook“. 2018-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Salalah International Airport mavzusiga oid fayllar bor
- OpenStreetMap – Salalah
- Salalah Airport Information
- Traffic Statistic Sep 2016
- Traffic Statistic 2018 Salalah & Muscat (Wayback Machine saytida 2019-04-14 sanasida arxivlangan)
- Annual Report 2017 MOTC for Reference (Wayback Machine saytida 2018-09-16 sanasida arxivlangan)