Salor (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salor
shaharcha
41°22′41″N 69°21′57″E / 41.37806°N 69.36583°E / 41.37806; 69.36583 G OKoordinatalari: 41°22′41″N 69°21′57″E / 41.37806°N 69.36583°E / 41.37806; 69.36583 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Qibray tumani
Aholisi
26 ming kishi(2 004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Salor xaritada
Salor
Salor
Salor xaritada
Salor
Salor

Salor — Toshkent viloyati Qibray tumanidagi shaharcha (1978-yildan). Tumanning shim.gʻarbida joylashgan. Maydoni 1600 ga. Aholisi 26 ming kishidan ziyod (2004). S.da 18 sanoat korxonasi bor, shuningdek, turli mahsulot beruvchi 151 kichik va oʻrta korxonalar ham mavjud. Bulardan: "Oʻzenergiyataʼminot", "Oʻzenergiyataʼmir", avtotransport birlashmasi, Sharqiy issiqlik izolyasiyasi, Toshkent issiklik elektrostansiyasi, "Rohat" aksiyadorlik jamiyati, Toshkent konserva kombinati, Limonchilik shirkati, Seleksiya tajriba xoʻjaliklari, "Buyuk Turon" xususiy korxonasi, Yalangʻoch gʻisht zavodi, yengil, qurilish sanoati korxonalari ishlab turibdi. "SeroKO" Oʻzbekiston— Koreya, "SMAK" Oʻzbekiston—Rossiya va "Imkon plyus" Oʻzbekiston — Germaniya qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 45 savdo, 40 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasb-hunar kolleji, 2 akademik litsey, Toshkent agrar universiteti, Oʻzbekiston gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchilik, Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot institutlari, 3 kutubxona, 3 stadion, 1 tennis korti bor. Respublika bolalar ortopediya, poliyemiyelit, Toshkent pediatriya instituti klinik kasalxonalari, viloyat narkologiya markazi, sil kasalliklari kasalxonasi: 2hududiy poliklinika, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi bor.

S. hududidan Toshkent—May qishlogʻi, Toshkent—Chirchiq avtomagistralari, Xoʻjakent temir yoʻl oʻtadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil