Salvatore Calabrese
Salvatore Calabrese | |
---|---|
Tavalludi |
6-yanvar 1903-yil |
Vafoti |
30-noyabr 1973-yil (70 yoshda) Bolonya, Italiya |
Fuqaroligi | Italiya va Italiya qirolligi |
Kasbi | Gastroenterolog, patologoanatom |
Faoliyat yillari | 1928 — 1973 |
Salvatore Calabrese (Campi Salentina, 1903-yil 6-yanvar — Bolonya, 1973-yil 30-noyabr) italiyalik gastroenterologiyaga ixtisoslashgan shifokor va patologik anatomiya boʻyicha olim. U Campi Salentina shahridagi Padre Pioda Pietrelcina kasalxonasining qurilishiga yordam berdi. Shuningdek, „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasi asoschisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Salvatore Calabrese 1903-yil 6-yanvarda Campi Salentina (Lechche) shahrida tugʻilgan. 1928-yilda Federiko II nomidagi Neapol univeritetining tibbiyot va jarrohlik yoʻnalishini tamomlagan[1]. Shundan soʻng Genuyaga koʻchib oʻtdi va u yerda fuqarolik kasalxonasida ichki kasalliklar boʻlimida koʻngilli xodim sifatida ishladi, keyin u „Ansaldo“ sanoat kompaniyasining tibbiy rahbari boʻldi[2]. Bu davrda olim oʻz tadqiqotlarini anatomik patologiyaga bagʻishladi va turli xil ilmiy-ommabop nashrlarda chiqish qildi. 1939-yilda Pavia universitetida gastroenterologiya boʻyicha tahsil oldi[3]. Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiyaning fashistlarga qarshilik koʻrsatishida, Genuyani ozod qilish uchun harbiy harakatlarda qatnashgan[4]. 1945-yilda Kalabrese Campi Salentinaga qaytib keldi va u yerda uch oʻgʻlining bevaqt vafot etganiga bagʻishlangan „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasiga asos soldi[5]. Besh yil oʻtgach, 1951-yilda oʻzi direktorlik qilgan Padre Pio da Pietrelcina kasalxonasining poydevorini qoʻydi[6]. U 1973-yil 30-noyabrda miokard infarktidan keyin Bolonyada vafot etdi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bruno Pellegrino e Alfredo Calabrese (a cura di Mario Casella e Luca Calabrese), Salvatore Calabrese un personaggio del Novecento Salentino; scritti e testimonianze (in Italian), p. 16
- ↑ Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 57
- ↑ Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 17
- ↑ Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 19
- ↑ Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 19-20
- ↑ Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 19-25
- ↑ Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 25-27